Bo‘stonda narxi 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan SHACMAN va SHAANXI sotuvga chiqarildi

Bo‘stonda narxi 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan SHACMAN va SHAANXI sotuvga chiqarildi

Andijon tumanlararo iqtisodiy sudining 24.06.2022 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Eco tree tour”, “Barqaror savdo barakasi” “National logistics AAA” va “HAN logistics 701” MCHJlardan ATIB “Ipotekabank” foydasiga jami 2,9 mlrd. so‘m kreditdan bo‘lgan qarzdorlikni undirish va undiruvni garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan avtotransport vositalariga qaratish belgilangan.

Sudning mazkur hujjati Majburiy ijro byurosining Bo‘ston tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli garovga qo‘yilgan qarzdor jamiyatlarga tegishli bo‘lgan, boshlang‘ich bahosi 521 mln. so‘m bo‘lgan SHACMAN rusumli hamda bahosi 519 mln. so‘mlik SHAANXI rusumli avtotransport vositalari ro‘yxatga olinib, xatlangan.

Byuro xodimlari qarzdor jamiyat vakillarini qarzdorlik bartaraf etilmasa, xatlangan mol-mulklarning elektron onlayn-auksion savdoda sotilishi yuzasidan ogohlantirgan bo‘lsada, kredit qarzi so‘ndirilmagan. Shu sababli ikkala avtotransport vositasi elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!