Bugunning fojiasi: "Kim aytdi sizga davlat xalat bilan ta’minlaydi deb?"

A A A
Bugunning fojiasi: "Kim aytdi sizga davlat xalat bilan ta’minlaydi deb?"

 

Shifokorlarni ish beruvchilar oq xalat va boshqa bir martalik gigiyena vositalari bilan ta’minlashi kerak. Aslida shundaymi?

Shifokorlarning har 6 oydagi tibbiy ko‘rigi xarajati ham ish beruvchi tomonidan qoplanishi kerak. Buni shifokorlarimiz biladimi?

Kechasi bilan isitmalab, ertalabdan mahallamiz poliklinikasiga chiqishga majbur bo‘ldim. Poliklinika eshigi yonida Bosh hamshiraning yangi kelgan xodimni siltab urishayotgani ustidan chiqdim. “Oq xalat tagida to‘q ko‘k emas, qora klassik shim bo‘lishi shart. Ertaga shiming rangi qora bo‘lmasa, ishdan haydayman”, deydi hamshira yosh shifokor yigitga o‘dag‘aylab. Shu tobda ular o‘rtasiga tushmasam bo‘lmasdi, kasbiy kasallik-da, to‘g‘ri tushuning.

— Opa, poliklinika xodimlariga faqat shunaqa shart qo‘yadimi yoki ularni talab qilinayotgan maxsus forma bilan ham ta’minlaydimi? 

Savolimdan ajablangan hamshira shunday javob qildi:

— Esingiz bormi? Nega biz berar ekanmiz. Xalatni hamma o‘zi sotib oladi. Men ham o‘zim olganman. Kim aytdi sizga davlat xalat bilan ta’minlaydi deb?

Suhbatimizga poliklinikaga ko‘rikka chiqqan pensioner ayol ham qo‘shildi.

— Oq xalat sifatlisi 50-150 ming so‘m atrofida, oq shippak yana 50 ming so‘m, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yana shuncha (100 ming atrofida) pul, yo‘l kira, tushlik – bu hali maosh olmagan hamshira farzandimning ishga borish uchun sarflashi kerak bo‘lgan xarajatlari. Ilk maoshi 590 ming so‘m atrofida emish. Soliq olib tashlansa, qo‘liga 490 ming atrofida tegar. 

Bir qarashda arzimagan xarajatlar. Lekin shunday bo‘lsa-da “Shifokorlarni maxsus kiyim bilan ta’minlash kimning bo‘ynida? Hamma o‘zi sotib olishga majburmi?” yana o‘sha kasbiy kasallik tufayli ushbu savollarga javob olishga qiziqdim. 

Arzimagan oq xalat. Shifokor bir yilda 1 yoki 2 ta xalat sotib olar. Umumiy hisobda ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 500 mingga yaqin shifokorlar bo‘lsa, shuncha oq xalat uchun agar byudjet pul ajratayotgan bo‘lsa, bu pullarning qanchasi shifokorlarga xalat “kiydiryapti”..? 

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasida xodimlar “Maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlanadilar. Bunday ishlarning ro‘yxati, beriladigan narsalarning normalari, ta’minot tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomalarida, agar ular tuzilmagan bo‘lsa — ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi”, deyilgan. Ya’ni shifokorlar oq xalat, shippak, niqob va boshqa gigiyena vositalari bilan ta’minlanishlari kerak. Demak, poliklinikaga qon topshirishga chiqqaningizda, gigiyena uchun qo‘lqop ko‘tarib chiqishingiz, aslida shart emas. 

Tibbiy ko‘rikdan o‘tish shartlari ham qonunchilikda ochiq ko‘rsatilgan. Ayni shu mehnat kodeksining 214-moddasida Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shartligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar”, deb belgilangan. 

Bu qonunchilikdagi me’yorlar, ammo amalda qanday? Qaysi tibbiy muassasa shifokorni oq xalat bilan ta’minlab har 6 oyda tibbiy ko‘rikdan o‘tishini bepul tashkillashtirib bermoqda?

Toshkentning aksariyat kasalxonalari shifokorlarini surishtirib bilishimizcha ular oq xalatni o‘z hisoblariga sotib oladilar. Bir necha kasalxona va poliklinikalarni surishtiruvida “Xalatni hamma o‘zi sotib oladi”, kabi javoblarni oldik.

Shifoxonalar smetalariga umuman oq xalatni kiritishmaydi. Demakki, smetaga kiritilmasa, pul ham ajratilmaydi. Tumandagi tegishli idoralardan amallab olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, umuman oq xalat uchun pul ajratilmaydi. Hatto hisobxonadagi ayollar shifokorlarning qonunan bunga haqlari bor ekanligidan ham bexabar. Ma’lum bo‘lishicha hamshiralar o‘zlari shifoxonada ishlab turib, nima uchun yana har 6 oyda yangilanuvchi tibbiy ko‘riklarini pullik topshirishlariga norozilik bildirganlar. Ammo shunga qaramasdan muassasalar ko‘rikni tekinga tashkillashtirishni o‘z bo‘yniga olmagan. Tegishli idoralarga kirib, oq xalat haqida savol berarkanmiz, bizga xuddi oydan tushgan odamlardek qaratilgan nigohlarga duch kelaverdik. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida keltirilgan 217-, 214-moddalarni “bo‘lmagan gap”ga chiqaraverishdi.

Tibbiyot muassasasi oq xalatlarni talab qilishdan avval, sog‘liqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari borligini ham unutmasliklari kerak. Zero, hamshira oyligi 590 ming so‘mdan boshlanadi, sanitarka maoshini-ku yozmay qo‘ya qolaylik. Kecha o‘qishni bitirib kelgan kategoriyasiz shifokorning maoshi o‘rtacha 873 ming so‘m (soliqlar bilan hisoblanganda). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 25 avgustda 1998-con bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining (Mehnat vazirligi) 2009 yil 10 avgustdagi 49-B-sonli buyrug‘iga Ilovasida maxsus kiyimlarni tibbiy muassasaning qo‘lga kiritish huquqlari ham ko‘rsatilgan. 

Davlat tibbiyot muassasasining tegishli xodimi smetasiga xodimlarning maxsus kiyim, poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlashni ham kiritib, tegishli idoradan talab qilishga haqli ekan. Kasalxona yuqoridagi idoralardan xalat uchun pul yoki xalat undira olmaganini pesh qilishga haqli emas. Chunki, davlat shifoxonasi o‘z xodimini oq xalat bilan ta’minlamasa, mehnat kodeksini buzgan hisoblanadi. Buning uchun uni sudga berish mumkin. 

Arzimagan oq xalat, bir poliklinika va kasalxona miqyosida olsak necha ming kishi... Respublika miqyosida-chi? Albatta, biz butun Respublika kasalxona va poliklinikalarida surishtiruv olib bormadik. Lekin, savolga tutganlarimiz Toshkentning aksariyat kasalxona va poliklinikalarida savolimizga ajablangan holda “Esingiz bormi? Xalatni hamma o‘zi sotib oladi”, degan javoblarni oldik. Qonunchilikda ko‘zda tutilgan oddiy huquqni talab qilsangiz-u, sizga “Esingiz bormi?”, deb javob qaytarishsa, kulgili emasmi? 

Shifokorni oddiygina oq xalat bilan ham ta’minlay olmasdan yana ularni poraxo‘rlikda ayblash, xorijga ish qidirib ketganlarini ortga qaytarishga urinishlarimiz mantiqsiz emasmi? Siz nima deysiz aziz o‘quvchi...

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.