Bugundan oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

Bugundan oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentyabridan 15-oktyabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tug‘iladigan savollarga maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!