Bugundan boshlab Rossiyadagi chet ellik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Bugundan boshlab Rossiyadagi chet ellik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Rossiya Federasiyasi hududidagi kasbiy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ish bilan ta’minlash tartibini soddalashtiruvchi qonun Rossiya Federasiyasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 fevralda imzolangan edi.

 Mazkur hujjatga muvofiq, 2020 yil 5 avgustdan boshlab Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashi mumkin. 

Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o‘zlari ta’lim olayotgan universitetlarda, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, chet ellik talaba o‘qishni tugatgan yoki o‘qishni to‘xtatgan taqdirda, ishlashni to‘xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish kerak.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!