Bugun yurtimizda yana 81 nafar bemor tuzaldi

Bugun yurtimizda yana 81 nafar bemor tuzaldi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

❗️Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sog‘ayganlar soni 3119 nafarga yetdi. 

❗️Qashqadaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.

❗️Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2463 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!