Bugun Yer Quyoshga juda yaqin keldi

Bugun Yer Quyoshga juda yaqin keldi

Ma’lumki, Yer Quyosh atrofida elliptik trayektoriya bo‘ylab harakatlanadi. Yer Quyosh atrofida dumaloq orbita bo‘ylab harakatlanayotganda Quyosh eksmarkazidan 0,0167 darajaga uzoqlashishi mumkin. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, yil davomida Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa 5 million kilometrga o‘zgarib turadi.

Quyosh Yerdan uzoqlashgani sari shimol tomonlarda yoz bo‘ladi, yaqinlashsa qish bo‘ladi.

5 yanvar kuni Yer markazidan Quyoshning markazigacha bo‘lgan umumiy masofa 147 091 144 kilometrni tashkil etdi. Yozda ushbu ikki nuqta orasidagi masofa 152 100 527 kilometrga oshadi.

Erdagi fasllarning o‘zgarishi Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishiga va Quyosh nurlarining yerga tushish burchaklariga bog‘liq. Yerning orbita tekisligidagi burchagi taxminan 23,4°ga teng. Hozirgi vaqtda Quyosh janubiy yarimsharni isitmoqda. Shuning uchun hozir u yerda yoz, shimoliy yarimsharda esa qish.

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!