“Brilliant qo‘l” yulduzi shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi

“Brilliant qo‘l” yulduzi shoshilinch ravishda kasalxonaga yotqizildi

Rossiya sovet federativ sosialistik respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Brilliant qo‘l” kabi ko‘plab filmlarda turli rollar ijro etgan Svetlana Svetlichnaya shoshilinch ravishda Moskvada kasalxonaga yotqizildi.

Bu haqda “Beshinchi kanal” xabar bermoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, aktrisa insultga chalingan.

Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, aktrisa bosh og‘rig‘idan shikoyat qilganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan.

Svetlichnayaning sog‘lig‘i, shuningdek, qaysi kasalxonaga yotqizilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!