Brexit: yurishni Buyuk Britaniya boshlaydi va yutqazadi

Brexit: yurishni Buyuk Britaniya boshlaydi va yutqazadi

Buyuk Britaniyada Brexit jarayoni bo‘yicha noaniqlik saqlanib qolmoqda.

Britaniyaning Yevropa Ittifoqi (Brexit ) dan chiqarilishi haqidagi kelishuviga ovoz berish jarayoni britaniya parlamentida 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaning hozirgi ahvolining natijalari bir-biridan yaxshiroq emas. Bu xaqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Buyuk Britaniyada Brexit jarayoni bo‘yicha noaniqlik haligacha davom etmoqda. Buyuk Britaniyada hech kim Bryussel bilan Brexit yuzasidan ikki yillik muzokaralar olib borgan Bosh vazir Tereza Mey tomonidan erishilgan kelishuvdan mamnun emas.

Buyuk Britaniyada keskin norozilikni keltirib chiqargan, 585 betlik Brexit kelishuvi va 26 betlik siyosiy deklarasiya, London va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarning kelajagini belgilaydi.

Ultra-o‘ng tarafdorlar, o‘z ma’nosini yo‘qotgan "Brexit - Brexit bo‘lmay qoldi", deb hisoblaydi.

Buyuk Britaniya Parlamenti Majlisi Palatasi 650 nafar deputatga ega. Tereza Mey boshchiligidagi konservativ partiya 315 nafar deputatdan iborat. Muholif qarashdagi 101 deputat kelishuvni ma’qullashdan bosh tortishi kutilmoqda.

Mey hukumatini qo‘llovchi, Shimoliy Irlandiyadagi ultra-o‘ng Demokratlar Ittifoqi partiyasidan 10 nafar deputat, Brexit kelishuvini 11 dekabr kuni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi. Muxolifat partiyalari ham ushbu kelishuvga qarshi chiqishi kutilmoqda.

Siyosatshunoslarning aytishicha, vaziyatning bunday tus olishi Meyning muvaffaqiyati deyarli nolga teng degandir. Ahir, bosh vazir avvaldanoq deputatlarga kelishuv loyihasini qo‘llab-quvvatlashi yoki Brexitsiz qolishi xaqida shart qo‘ygan edi.

Buyuk Britaniya uchun ssenariylarning qaysi biri mosroq ekanligi hozircha aniq emas. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 10 dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish jarayonini bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega ekani yuzasidan ajrim chiqardi va bu, vaziyatnining yangi variantlari paydo bo‘lishiga olib keldi.

Manba: ufq. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!