Braziliya moliya vaziri: mamlakat milliy valyutadan voz kechish niyatida emas

Braziliya moliya vaziri: mamlakat milliy valyutadan voz kechish niyatida emas

Braziliya moliya vaziri Fernando Addad Argentina bilan umumiy valyuta yaratish rejalarini izohlar ekan, mamlakat milliy valyutadan foydalanishdan voz kechmasligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, biz “savdoni mustahkamlash uchun umumiy virtual valyuta” yaratish haqida ishlyapmiz.

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror milliy valyuta kurslarining keskin tebranishlarini hisobga olgan holda muhokama qilinmoqda. Uning ta’kidlashicha, peso va realdan voz kechish haqida gap yo‘q.

“Bizga umumiy narsa, savdo hajmini oshirish imkonini beradigan narsa kerak”, — deya Addad so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!