«Boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

«Boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

Farg‘ona viloyati So‘x tumanidan bo‘lgan videobloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Blogerning otasi Sherali Eraliyev 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligini bilmasligini aytdi.

Xabar berilishicha, 22 yoshli fuqaro huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan may oxirida So‘x tumanida yuz bergan tartibsizliklar sabab olib ketilgan. Bosh prokuratura avvalroq olti nafar shaxsning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. «Gazeta.uz»ning huquq-tartibot organlaridagi axborot manbasi esa 80−90 odamning olib ketilganini ma’lum qildi.

Blogerning chiqishi

31 mayda Farg‘ona viloyati So‘x tumani va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani aholisi birgalikda Chashma suv manbasini tozalayotgan vaqtda ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan edi. O‘zbeklar tomonidan kamida 187 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida 15 nafari og‘ir ahvolda edi.

1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov So‘xdagi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun tumanga tashrif buyurgan edi. Qirg‘iz delegasiyasi va mahalliy aholi bilan bo‘lgan urashuvda u eksklav koridorini, «So‘x — Rishton» yo‘lini ochishni, Chashma manbasining kelajagi kabi savollarni muhokama qildi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy YouTube-bloger Dadaxona Haydarovning (Dengiz TV) bosh vazir bilan uchrashuvdagi chiqishining videolavhasi tarqaldi.

«So‘x tumanida faqat men blogerlik faoliyatini olib boraman. YouTube da mening o‘z auditoriyam bor. Men internetda So‘xdagi muammolarni ko‘targanimda, hokimiyatdagilar darrov „Chiqarma. Boshingga balo orttirasan“ deyishadi. So‘x tumanidan bo‘lishimga qaramay, men birinchi raqamli blogerman, menda 800 mingta kuzatuvchi bor (nashr vaqtida 820 mingta — tahr.). Shuning uchun sizlardan bitta iltimos: So‘xdagi muammolarni to‘g‘ri Toshkentga yetkazish uchun biror tashkilot, axborot vositasi tashkil qilinglar. Bizga Farg‘ona viloyati hokimiyati kerak emas. Iltimos, So‘x hokimiyatini to‘liqligicha o‘zgartiringlar», — deb ta’kidladi u.

«Iltimos, kerak bo‘lsa, Farg‘ona viloyati hokimini o‘zgartiringlar… Bu faqat mening taklifim. Umid qilamanki, siz meni to‘g‘ri tushunasiz», — degan edi Dadaxon Haydarov.

Hokimdan norozi ekanliklarini boshqa fuqarolar ham bildirishdi. Viloyat hokimi rahbarligidagi delegasiyaga toshlar otishdi. Shuhrat G‘aniyevning o‘zi «bunday yoshlikka qo‘l urgan yoshlarga tegishmaydi» deya ta’kidlagan edi.

Dadaxon Haydarov hukumat rahbariga mobil aloqalaridan foydalanishdagi muammolarni ham aytdi. Uning ma’lum qilishicha, So‘x tumanida yashovchilar qirg‘iz operatorlari xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishmoqda.

«Boshiga xalta kiygizishdi va vertolyotda olib ketishdi»

1 iyun kuni Farg‘ona viloyat prokuraturasi Jinoyat kodeksining 219- moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 214 moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Biroq ayblanuvchilarning hibsga olingani haqida faqat avgustga kelib ma’lum bo‘ldi. Jinoiy ish ochilgan olti nafar shaxs orasida 10 avgust kuni hibsga olingan 23 yoshli Davlatjon Mallayev ham bor. Sud qarorida aytilishicha, u hukumat vakillariga tosh otgan.

Chorshanba kuni «Ozodlik» kamida 12 kishining qo‘lga olingani va ularning orasida bloger Dadaxon Haydarovning ham borligi haqida xabar berdi. Dadaxon Haydarovning otasi, Sherali Eraliyev, «Gazeta.uz»ga 22 avgust kuni 9:00 lar atrofida huquq-tartibot organlari xodimlarining uni olib ketishganini ma’lum qildi.

«U payt o‘g‘lim uxlayotgan edi. Uyimizga uch nafar ichki ishlar xodimi, mahalla vakili, „uchastkavoy“ va yana bir fuqaro kiyimidagi kishi keldi. Hammamiz tashqariga chiqdik, men tashriflarining sababini so‘radim. Ular o‘g‘limning bloger ekanligini va ular uning faoliyatini tekshirish uchun uni olib ketishlari kerakligini aytishdi. Tekshiruv ishlaridan keyin uni qo‘yib yuborishga va’da berishdi. Biz ishondik va havotirga tushmadik. Keyin uni yengil mashinada olib ketishdi, menimcha Nexia edi», — dedi u.

Keyinroq mahalla qo‘mitasi xodimi blogerning onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘g‘lining ishiga e’tiborli bo‘lishlari kerakligini aytgan.

«1−2 soatdan keyin men milisiya bo‘limi ro‘parasidagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga borish uchun markazga ketdim. Shu payt men fuqaro kiyimida yurgan, o‘g‘limni olib ketgan xodimni ko‘rdim. O‘g‘lim qayerda ekanligini so‘radim. U hozir madaniyat uyida yig‘ilish bo‘lib o‘tayotganiligini, o‘g‘lim shundan keyin chiqishini aytdi. Buni eshitib biroz tinchlandim. 11:00da yig‘ilish tugadi, lekin hech kim chiqmadi. Milisiya bo‘limida u erda hech kim yo‘qligini aytishdi. Tanishlarim ham uni milisiyada emasligini aytishdi», — deydi Sherali Eraliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kechga yaqin, 17:00—18:00 atrofida, u ayoli bilan yana So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga borgan. IBB boshlig‘i Qosimjon Rahimberdiyev ularning o‘g‘lini va boshqa hibsga olinganlarni Farg‘onaga olib ketishganini aytgan.

«Biz nima bo‘lganini tushunmadik. Ertalabgacha kutdik. Ertalab Dadaxonning o‘zi telefon qildi. U  Farg‘onada, holasinikida edi. U uni milisiyaga olib kelishganini, keyin boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishganini aytdi. 5−10 minutdan so‘ng u ko‘zini ochsa, u  Farg‘onada ekan. U erda uni kechgacha so‘roq qilishgan va ertaga tekshiruv uchun yana 10:00 ga kelishini aytib, qo‘yib yuborishgan. U u erga ertalab borgan va menimcha, uni hibsga olishgan. Biz uni shundan beri ko‘rganimiz yo‘q, hech qanday xabar yo‘q», — dedi blogerning otasi.

Sherali Eraliyev ayoli bilan Farg‘onaga borishgan, davlat advokati Shoira Abdurazzoqova bilan ko‘rishishgan va advokatlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun u bilan shartnoma tuzishgan (2 mln so‘mga).

«U bu ishning ba’zi detallarini so‘zlab berdi va qaysi moddalarga ko‘ra ayblanayotganini aytdi — Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244 moddalari (ommaviy tartibsizliklar). 22 soat o‘tib 10 sutkaga hibsga olingani haqda aytdi. Shundan beri u haqda va uning qayerda saqlanayotganligi haqda xabar berishmayapti», — dedi u.

Dadaxon Haydarovning ota-onasi advokatning ma’lumotlariga tayanib, viloyatning Oltiariq va Quva tumanlariga borishgan, lekin IIB xodimlari blogerning u erda saqlanmayotganini aytishgan.

«Keyin bizga uning Farg‘ona viloyati IIBlaridan biridagi izolyatorda saqlanayotganligini va aniq qayerda ekanligini bilmasliklarini aytishdi», — dedi u.

Sherali Eraliyev uning o‘g‘lini bosh vazir oldida chiqish qilganligi uchun hibsga olishgan deya taxmin qilmoqda.

«Qo‘shnilar o‘sha kuni undan bloger sifatida chiqishini va barcha muammolar haqida so‘zlab berishini iltimos qilishgan edi. Bola yoshlik qilib chiqib gapirdi», — so‘zlab berdi yosh yigitning otasi.

Sherali Eraliyev — rasman ishsiz, lekin qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib boradi, uning ayoli — shifokor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dadaxon Xaydarov ham rasman ishsiz, lekin oliy o‘quv yurtiga o‘qishga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan edi.

Boshqa hibsga olinganlar

«Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, So‘x tumani huquq-tartibot organlariga 80−90 nafar shaxs olib borilgan.

So‘x tumanida yashovchi fuqaroning anonimligini saqlab qolish sharti bilan so‘zlab berishicha, «Sarikanda» mahallasida yashovchi Maxsum Ahmedov (1973 y.t.)ning ham boshiga xalta kiygizib, IIBga olib ketishgan.

Bundan tashqari, Qala ko‘chasida yashovchi Dilmurod Maxbubov (1992), shuningdek, «Chumokcha» mahallasida istiqomat qiluvchi Oybek Otashov (2000)lar ham hibsga olingan.

Nashr vaqtigacha Bosh prokuraturadan rasmiy izoh olishga muvaffaq bo‘linmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Prezidentdan “dux” olgan Omonboyevaga sud hukmi o‘qildi

У Навоий шаҳар ҳокими номидан фойдаланган ҳолда тадбиркорнинг кўп миқдордаги пулини қўлга киритган.

Alisher Usmonov nomzodini 103ta davlat qo‘llab-quvvatladi

Расмий сайлов маросими 30 ноябрь куни Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади.

Rossiya Ukraina hududini «rekord tezlikda» egallab oldi

Россия армияси уруш бошланганидан бери Украина ҳудудларини эгаллаб олишнинг рекорд суръатига эришди.

Qibrayda yuz bergan otishma yuzasidan rasmiy axborot berildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 25,97-моддаси (Қасддан одам ўлдиришга суиқасд қилиш) билан жиноят иши қўзғатилди.

Kelasi hafta boshida (28-30 oktyabr) kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” агентлиги 28-30 октябрь кунлари Республикамизда кузатиладиган об-ҳаво ҳақида маълумот берди.

Shimoliy Koreya askarlari Kurskda: birinchi qon

Украина қуролли кучлари яқинда Курск вилоятида биринчи марта Шимолий Корея аскарларига зарба берган бўлиши мумкин.

Ukraina frontining «qulashi» e’lon qilindi

Билд газетасининг ҳарбий таҳлилчиси Жулиан Рёпкенинг айтишича, Донецк вилоятининг жанубидаги Украина қуролли кучларининг фронти «парчалаяпти».

Rossiya Eronni ogohlantirgani ma’lum bo‘ldi

Sky News Arabia телеканали ўз манбасига таяниб, Россия ҳужумдан бир неча соат олдин Эронни Исроилнинг яқинлашиб келаётган зарбаси ҳақида огоҳлантирганини хабар қилди.

Messi «Barselona»ning klasikodagi yirik g‘alabasiga munosabat bildirdi

«Барселона»нинг собиқ ҳужумчиси Лионель Месси каталонияликларнинг «Реал» устидан қозонган йирик ғалабаси ҳақида фикр билдирди.

Saudiya Arabistonida hashamatli orol paydo bo‘ldi

Синдала Саудия Арабистони валиаҳд шаҳзодаси Муҳаммад бин Салмоннинг NEOM футуристик шаҳар лойиҳаси доирасида ишлаб чиқилаётган ороллар гуруҳидан биридир.

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10-ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya jiddiy qadam tashlay boshladi

Мамлакат мудофаа вазири Андрей Белоусов таъкидлашича, амалиёт “стратегик ҳужум воситалари душманнинг ядровий зарбасига кучли жавоб бериш”ни машқ қилиш мақсадини кўзлаган.

Pentagon rahbari Ukrainadagi mojaroga uchinchi mamlakatlarning jalb etilishiga ruxsat berdi

Учинчи мамлакат ҳарбийлари Киев томонида Украинадаги можарода иштирок этиши мумкин. АҚШ Мудофаа вазирлиги раҳбари Ллойд Остин бунга рухсат берди.

Ajdaho yoki ayiq? Qozog‘iston katta tanlov ostonasida

Россия Остонани Қозоғистон ҳудудида темир йўл тарифлари ошиши сабабли ЕОИИ шартномасининг асосий тамойилини бузганликда айблади.

"Bizda yadro quroli borligi Yaratganning sovg‘asidir"

Россия президенти маъмурияти маслаҳатчиси Сергей Караганов ядровий қуролни “Яратганнинг совғаси” деб атади

Turkmanlar ustidan nazorat kuchaytiriladi: Ular mamlakatdan chiqib ketmoqda

Шу мақсадда миграция хизмати ходимлари Туркманистон ватандошларини рейслардан оммавий равишда четлаштириб, чет эл паспортларининг амал қилиш муддатини қисқартирмоқда...

Gruziyada saylovlar bo‘yicha qonunbuzarliklar bilan bog‘liq 47 jinoiy ish tergov qilinmoqda

Грузия прокуратураси парламент сайловларидаги қонунбузарликлар бўйича 47 та жиноий иш бўйича тергов олиб бормоқда, деб хабар беради департамент сайтида.

Sudanda 130 nafar ayol zo‘rlashdan qochish uchun o‘z joniga qasd qildi

БМТ миссияси, шунингдек, Судандаги жинсий зўравонлик ҳақида хабар бериб , унинг кўламини «ҳайратланарли» деб атади.

Shimoliy Koreya Rossiyaga yuqori martabali generallarni yubordi

КХДР махсус кучлари қўмондони Ким Ёнг Бок Россия Федерациясига етиб келди. Мутахассисларнинг фикрича, Ким Чен Ин уни Россияга аскарлар билан бирга ишончли шахс сифатида юборган.

Seul KXDR harbiy yordam evaziga Kremldan nimalar talab qilishi mumkinligini aytdi

Жанубий Корея мудофаа вазири Ким Ён Хённинг сўзларига кўра, Шимолий Корея ўз ҳарбийлари эвазига Россиядан...

O‘zbekiston COP29da ishtirok etadi: samarali hamkorlik va yangi imkoniyatlar

Ўзбекистонда 2024 йилнинг 11–22 ноябрь кунлари Озарбайжон пойтахти Боку шаҳрида бўлиб ўтадиган Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича доиравий конвенцияси (БМТ UNFCCC) иштирокчилари конференциясининг 29-сессиясига (CОP29) қизғин тайёргарлик кўрилмоқда.

“O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Семинарнинг асосий мақсади – “Ўзбекистон бинолари учун тоза энергия” лойиҳаси доирасида қурилиш, лойиҳалаштириш ва энергия аудит фаолияти билан шуғулланувчи корхоналарга ижтимоий соҳа объектларида энергия самарадорлигини ошириш бўйича чора-тадбирлар юзасидан эълон қилинган тендерларда қатнашиш шартлари, тартиби, талаблари ҳамда тендер ҳужжатларини тайёрлашда нималарга эътибор қаратилиши лозимлигини тушунтириш кўзланган.

"Dushmanlar ko‘rib qo‘ysin": Kim Chen In nega qit’alararo ballistik raketa uchirganini aytdi

Шимолий Корея ҳукумати қитъалараро баллистик ракета учирилганини тасдиқлади.

Ukrainaliklarning qo‘lida ro‘yxatdan o‘tgan 1,4 million qurol bor

Украина Миллий полицияси аҳоли қўлида 1,4 миллион дона ўқотар қуролни рўйхатга олган. Бу ҳақда ички ишлар вазири ўринбосари Леонид Тимченко маълум қилди.

JSST: Dunyoda tuberkulyozga chalinish holatlari keskin oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти туберкулёз касаллиги бўйича янги ҳисоботни эълон қилди. Унда қайд этилишича, 2023 йили ушбу хасталик дунё бўйича 8,2 миллион кишида аниқланган. Хавотирли жиҳати, бу 2022 йилга нисбатан 0,7 миллионта кўп ва 1995 йилдан буён қайд этилган энг юқори кўрсаткичдир.

AQShdagi saylov uchastkalaridan birida macheteli erkak qo‘lga olindi

АҚШнинг Флорида штатидаги Нептун-Бич шаҳрида президентлик сайловлари учун муддатидан олдин овоз бериш участкаси яқинида 18 ёшли ўсмир икки аёлга мачетени силкитгани учун қўлга олинди. Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

G‘azo sektoridagi Bayt Lahiyaga berilgan zarbada 93 kishi halok bo‘lgan. AQSh G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirmoqda

Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги Исроил ҳаво кучларининг Ғазо сектори шимолидаги беш қаватли турар-жой биносига уюштирган зарбаси натижасида камида 93 киши ҳалок бўлгани ва 40 га яқин киши бедарак йўқолганини маълум қилди, деб хабар бермоқда Al Jazeera.

Rivojlangan davlatlar orzusi chippakka chiqdi

Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Пайариқ тумани бўлими томонидан терговга қадар текширув ўтказилган.

Rossiyada o‘n yilda siyosiy mahbuslar 20 baravarga ko‘paydi

"Мемориал" инсон ҳуқуқлари ташкилоти маълумотларига кўра, сўнгги 10 йил ичида Россияда сиёсий маҳбуслар сони қарийб 20 баравар кўпайган.

“Hizbulloh”ning yangi rahbari qasam ichdi

“Ҳизбуллоҳ” раҳбари агар Нетаняҳу ҳукумати тажовузни тўхтатмоқчи бўлса...

Volodin SSSR nima uchun qulaganini «tushuntirdi»

Володин замонавий Россияни ривожлантириш учун совет тажрибасидан энг яхши жиҳатларни ўзлаштиришга чақирди, бироқ...

Ukraina prezidenti G‘arb ommaviy axborot vositalarini maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda aybladi

Володимир Зеленский Украина “Ғалаба режаси”нинг махфий қисмида узоқ масофали Tomahawk қанотли ракеталарини сўраганини тасдиқлади.

Rossiyada urush uchun pul tugay boshladi

Россия ҳукуматининг молиявий соҳадаги манёврлар учун майдони тугаб бормоқда. Ғарбда Москвага даромад олиш имконини берувчи санкциялардаги бўшлиқларни ёпиб, Украинадаги урушнинг якунланишини яқинлаштириш имконияти пайдо бўлди...

Ilk nutq: Hizbullohning yangi rahbari muhim bayonot bilan chiqdi

«Якуний ғалаба бизники бўлади», деди Ҳизбуллоҳнинг янги раҳбари.

“Hizbulloh” Isroilga qarshi 36 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi

Исроил армияси “қора октябр”да 80 та фуқароси, жумладан, 64 та ҳарбий хизматчи ва полициячи, 19 та келгинди яҳудий ўлганини тасдиқлади.

Amerika Xitoy bilan urushga tayyorlanmoqda

АҚШ армияси бошқа нарсалар қатори Россия-Украина можаросини кузатиш тажрибасидан фойдаланган ҳолда Хитой билан эҳтимолий урушга тайёрланмоқда.