Kelasi hafta boshida (28-30 oktyabr) kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
“O‘zgidromet” agentligi 28-30 oktyabr kunlari Respublikamizda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Bu haqda “O‘zgidromet” agentligi xabar berdi.
“O‘zgidromet” agentligi xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 7-12°; 29 oktyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, Ustyurtda kechasi 2-7° sovuq kunduzi 5-10°, 30 oktyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10°, Navoiy viloyatining shimolida 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 8-13°; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari; havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 8-13°; 29 oktyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15°; 30 oktyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 29-30 oktyabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari; havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 29-30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 18-13° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari; havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 28 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 29-30 oktyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 29 oktyabrda 0-5° iliq, 30 oktyabrda 2-7° iliq bo‘ladi.