EI Xitoydan import qilinadigan avtomobillar uchun soliqni oshirdi
Evropa Ittifoqiga Xitoydan yetkaziladigan elektromobillar (BEV) import tariflari 35,3 foizga yetdi. Shu munosabat bilan Yevropa Ittifoqi qo‘shimcha bojxona to‘lovini joriy qildi
"Tekshiruv shuni ko‘rsatadiki, Xitoydagi BEV qiymat zanjiri Yevropa Ittifoqidagi BEV ishlab chiqaruvchilariga iqtisodiy zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan adolatsiz subsidiyadan foyda ko‘rmoqda", - deyiladi EI kommyunikesida.
Hujjatda aytilishicha, Yevrokomissiya tomonidan yakunlangan subsidiyaga qarshi tergov xulosasi asosida xitoylik eksportchilarga quyidagi kompensasion bojlar joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan: BYD – 17,0%, Geely – 18,8%, SAIC – 35,3%.
“Boshqa hamkor kompaniyalar 20,7 foiz miqdorida soliqqa tortiladi. Tesla kompaniyasini shaxsan tekshirish uchun keyinchalik so‘rov yuborilgan taqdirda 7,8% boj to‘lanadi. Komissiya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va JST qoidalariga ko‘ra ruxsat etilgan alohida eksportchilar bilan narx majburiyatlari bo‘yicha ochiq muzokaralar olib borish niyatida", - deya izoh berdi rasmiy Bryussel.
Shuningdek, Yevrokomissiya kelajakda “mavjud chora-tadbirlar samaradorligini, jumladan, ularni chetlab o‘tmaslikni ta’minlashni nazorat qilishi” ma’lum qilingan.