Buxorodagi ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi sabab bir kishi halok bo‘ldi

Buxorodagi ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi sabab bir kishi halok bo‘ldi

Buxorodagi gaz chaqnashida bir kishi halok bo‘ldi.

«Tunda sodir bo‘lgan kuchli portlash ko‘pchilikni esankiratdi. Yangi ko‘p qavatli uyga ko‘chib o‘tish uchun ta’mirlash ishlarini boshlaganimizga hali endigina bir-ikki oy ham bo‘lmagan va hali to‘liq ko‘chib ulgurmagan ham edik. «Dom» zirrillab titramadiyu, ammo, portlash ovozidan bolalarim jonholatda chinqirib uyg‘onib, menga yopishishdi. O‘zim ham qo‘rquvdan «dir-dir» titrayman. Alloh asrasin, odamni yomon o‘ylar bosarkan: bir pasda ko‘z oldimdan urush kechayotgan davlatlar o‘tsa deng. «Narigi pod’edda gaz portlaganga o‘xshaydi»,-turmush o‘rtog‘imning xavotirli gapini eshitib, zudlik bilan bolalarni kiyintirib-kiyintirmay, ko‘chaga otildik»,-deydi Buxoro shahridagi «Namozgoh» mahallasida joylashgan yangi ko‘p qavatli uyda yashovchi ayol.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni soat 23:35 larda hali topshirilmagan «dom»ning 5-qavatida sodir bo‘lgan portlash ovozi atrofdagi boshqa ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholini ham xavotirga solgan va odamlar ko‘mak uchun ko‘chaga chiqishgan.

Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, shu kuni soat 23:40 da viloyati IIB navbatchisidan shu haqda xabar kelib tushgan. Bildirilishicha, mahalladagi 6/3A-uy, 14-xonadonda gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida uyning xonalarini ajratuvchi, devor, eshik va romlari zararlangan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, chaqnash oqibatida 14- xonadonda 1 nafar fuqaro vafot etgan hamda 14-15- xonadonlarda yashovchi 5 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohati olib, shahar markaziy shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv olib borgan «Xabar.uz»ga o‘zini tanishtirishni istamagan mahalla vakilining so‘ziga ko‘ra, holat sodir bo‘lgan tunda ushbu xonadonda avvaliga faqat vafot etgan bir nafar «kampir»ning bir o‘zi yashab kelganini bildirishga urinishgan. Biroq, to‘liq foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uyda bir nechta oilalar ko‘chib o‘tib, yashab kelishayotganiga aniqlik kiritilgan.

«Namozgoh» mahallasi hududida qadr rostlagan ushbu ko‘p qavatli uy quruvchisi ilgariroq fuqarolar yig‘ini raisidan «dom» uchun raqam so‘ragan. Biroq, mahalla raisi bu ko‘p qavatli uyda fuqarolar uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilib, turli tashkilotlar tomonidan to‘liq foydalanishga ruxsatdan berilgachgina, bu masalani birinchilardan bo‘lib ado etishini bildirgan. Afsuski, quruvchi shu hududga tegishli bo‘lmagan mahalla tomonidan taqdim etilgan hujjat asosida «dom raqami»ga ega bo‘lgan.

«Namozgoh» MFY raisi Dilnoz Mo‘minovaning aytishicha, gaz chaqnashi ro‘y bergan xonadon egalari aslida bu manzilda avvaldan yashab kelishmagan. Holat sodir bo‘lgan kuni bir-ikki uy jihozlarini ko‘chirib olib kelishgan bo‘lgan. Kechgi paytgacha Buxoro shahrining diqqatga molik joylarini ziyorat qilishgan. Va bir kecha yangi xonadonda qolishni maslahatlashishgan.

«Biz bu oilaning ko‘chib kelishganidan xabarsiz edik. Qo‘ldan kelguncha ta’mir qilishib, bir-ikki jihozlarini ko‘chirib olib kelishgan ekan. Bir xonali uy egasi bo‘lgan er va xotin ertasi kuni tong saharda Rossiya Federasiyasiga jo‘nab ketishi kerakligi uchun ikki nafar farzandini qoldirish maqsadida 65 yoshli ayol (erkakning onasi)ni ham olib kelgan bo‘lishgan. Afsuski, tunda gaz va havo aralashmasining chaqnashi oqibatida 65 yoshli ayol bosh qismidan og‘ir jarohatlanib, voqea joyida halok bo‘lgan. Sodir bo‘lgan holat qo‘shni devor ortida yashovchi 2 xonali uyga ham, uy sohiblarining salomatligiga ham ziyon yetkazgan. Bolalar ham turli darajadagi kuyish jarohatini olishgan. Gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganining oqibati shunday ko‘ngilsizlikni keltirib chiqargan. Fuqarolardan gaz hidi sezilgan paytda chiroqlarni yoqmasdan, uy havosini tozalashlari kerakligini juda-juda so‘rab qolardik»,-deydi Dilnoz Mo‘minova.

Mahallada hali shu taxlitdagi ro‘yxatga kiritilmagan yana bir nechta qurilishi tugallanmagan va «vvod» bo‘lmagan «dom»lar bo‘lib, ularda ham bir nechta fuqarolar yashab kelishmoqda. Ayni paytda esa mahallada ro‘yxatga kiritilgan va tartib raqamiga ega 39 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 6200 nafar aholisi yashaydi.

Talofat yetgan ushbu ko‘p qavatli uyga ko‘chib kelganiga bir necha oy bo‘lgan fuqarolarning «Xabar.uz» muxbiriga bildirishicha, Uy juda ham baquvvat va mustahkam qurilgan.

«Gaz isi chiqishi va xonadon egasining o‘zi sezmagan holda chiroqni yoqishi oqibatida sodir bo‘lgan portlash 5-qavatdagi 3 ta xonadonga talofat yetkazdi. Uyning xonalarini ajratuvchi devor, eshik va romlari zararlandi. Ammo, pod’ezdga yoxud tashqi devorlarga mutlaqo ziyon yetkazmagan. Portlash oqibatida kuchli zarb bilan uchib ketgan akfa derazalariyu pena bloklar shundoq qarama-qarshi tomondagi boshqa bir yangi uyning ham yon devoriga juda qattiq zarb bilan urildi. Ammo, devorlar ham, ustunlar ham zarracha ziyon ko‘rmagan. «Dom» titramadi ham, hatto. Bu bilan aytmoqchi bo‘lganim: qo‘ni-qo‘shnilar, biz, berilgan imkoniyatlardan, zamonaviy qurilmalardan to‘g‘ri foydalana olishimiz kerak. Yo‘qsa, ham o‘zimizga, ham oilamizga katta talofat yetkazamiz»,-deydi fuqaro.

«Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali mutaxassisining aytishicha, yangi ko‘p qavatli uylarning barcha xonadonida zamonaviy ikki konturli kotyollar ulangan. Ushbu kotyollar noto‘g‘ri emas, to‘g‘ri o‘rnatilgan. Faqat fuqaro ushbu qurilmadan to‘g‘ri foydalana olmagan.

«Xavflilik darajasini har bir fuqaro ham biladi, lekin, negadir, undan to‘g‘ri foydalanish qoidalariga rioya qilishma ydi. Hech bo‘lmasa, ushbu qurilmadan qanday foydalanish lozimligi haqida so‘rashga ham kezi kelganda erinishadi. Bu zamonaviy qurilma xavfsizlik tizimiga ega, gaz isi chiqqanda, o‘z-o‘zidan avtomatik tarzda o‘chadi. Uy egasi boshqarish imkoniga ega. Yana shuni aytib o‘tishim kerakki, Uy «vvod» bo‘lgunicha, barcha tarmoqlar, ya’ni, gaz, elektr energiya, suv quvurlari soz holatga keltiradi. Bu yerda shunday bo‘lgan ham: kotyollar dastyorlanib, gaz quvurlari o‘tkazilgan, ammo, bu hali fuqaroga foydalanishi uchun ruxsat berildi, degani emas»,-deydi filial mutaxassisi.

Ko‘ngilsiz hodisa sabab mazkur 60 ta xonadonga ega 4 pod’ezdli, 5 qavatdan iborat ko‘p qavatli Uyga kirish eshiklari barchasi «muhrlangan». Ayni paytda holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

«Shu sabab birorta fuqaroning ichkariga kirishiga, yoxud o‘ziga tegishli bo‘lgan xonadonda ta’mirlash ishlarini olib borishiga ham ruxsat etilmaydi»,-deydi ichki ishlar idoralari xodimi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Ozarbayjon javob qaytardi

Озарбайжон Ҳаво Йўллари бу ҳаракат ҳалокат бўйича терговнинг дастлабки натижаларига жавоб бўлганини айтди.

Ronaldu va Messidan ham 12 baravar boyroq futbolchi haqida eshitganmisiz?

Лионел Месси ва Криштиану Роналду катта бойлик тўплаган бўлса-да, иккаласининг ҳам бойлиги бу футболчиникига яқин ҳам келолмайди.

Evropani g‘azablantirgan uchrashuv

Путиннинг айтишича, Словакия ва Фицо Украина музокараларида воситачилик қилишга тайёр.

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

2005 yilda tug‘ilgan braziliyalik qiz UFC bilan shartnoma imzoladi (FOTO)

19 ёшли бразилиялик Элис Перейра аралаш яккакурашлар оламидаги энг нуфузли ташкилот — UFC билан шартнома имзолади.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi murojaati

.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

Markaziy bank 2025 yil boshida dollar kursi qancha bo‘lishini e’lon qildi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 2025 йил 3 январда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

Shomurodovning maoshini to‘lay oladigan klub topilmayapti

"Рома" Элдор Шомуродов ўрнига "Удинезе" ҳужумчиси Бетога кўз тикди.

Nyu-Orleanda odamlarni avtomashinada bosib ketgan shaxs Shamsuddin Jabbor bo‘lib chiqdi

Бу ҳақда маҳаллий NOLA нашри хабар берди.

Zelenskiy Rossiyadan keladigan gazni rad etib, o‘z aholisini qurbon qilmoqda

Владимир Зеленский рус гази транзитини рад этиб, украиналикларни қурбон қилмоқда, деди журналист Диана Панченко 1 январ куни Х ижтимоий тармоғида.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Pike tashkil etgan Media JCH-2025'da O‘zbekiston Saudiyani mag‘lub etdi

Испаниялик машҳур собиқ футболчи Жерар Пике ташкил қилган Медиа футбол бўйича Жаҳон чемпионати 1-турида Ўзбекистон номидан қатнашаётган "Unwanted Boys" жамоаси Саудия Арабистонига қарши беллашув ўтказди.

Kursk viloyatidagi rus askarlariga zarba berildi

Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши қошидаги дезинформацияга қарши кураш маркази раҳбари Андрей Коваленко Россия Федерациясининг 810-денгиз пиёдалари бригадасига “муваффақиятли зарба” берилганини эълон қилди.

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilish rejalarini ishlab chiqdi – FT

Financial Times газетасининг хабар беришича, Россия ҳарбийлари уруш бошланган тақдирда Япония ва Жанубий Кореядаги 160 та обектни ўз ичига олган нишонлар рўйхатини ишлаб чиққан.

Bo‘lajak Prezident Panama kanalini nega AQSh nazoratiga qaytarmoqchi?

Панама Президенти Хосе Рауль Мулино CNN телеканалига берган интервьюсида Трампнинг канални қайтариш ҳақидаги баёнотини қўпол тарихий жаҳолатнинг намоёни, деб баҳолади.

Tramp Kanadaga “dunyoning boshqa hech bir davlatida bo‘lmagan harbiy himoya” taklif qilmoqda

Трамп Канадани ҳам Қўшма Штатлар таркибига киритишнинг афзаллигини айтмоқда.

Polshada askar jamoat joyida o‘t ochdi

Полшалик маст аскар мамлакат шарқидаги Мелник қишлоғида жамоат жойида ўт очди, деб ёзади “РИА Новости” .

Falastinda Al-Jazira telekanali faoliyati to‘xtatildi

Фаластин миллий маъмурияти (ПНА) расмийлари Қатарнинг “Ал-Жазира” телеканалининг Фаластиндаги кўрсатувини тўхтатмоқда , деб ёзади “ТАСС” WАФА агентлигига таяниб.

Tailandda avtobus halokatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Таиланд газетаси хабар берди.

Saxalinlik fuqaro lotereyada milliard rubl yutib oldi

1 миллиард рубл ютган шахснинг телефон рақами Сахалин вилоятида рўйхатга олинган, деб хабар берди “Россия Лотто” лотереяси матбуот хизмати 1 январ куни.

Yoqutistonda havo harorati -56 darajagacha pasaydi

1 январ тонгида Ёқутистоннинг кўплаб аҳоли масканларида -50 даражадан паст ҳарорат қайд этилди.

Buyuk Britaniyaga noqonuniy muhojirlar oqimi 2024 yilda chorakga oshdi

Ички ишлар вазирлигининг дастлабки маълумотларига кўра, 2024 йилда 36 816 киши бўғозни кесиб ўтган, бу 2023 йилда келган 29 437 кишидан 25 фоизга кўп. Бироқ, уларнинг умумий сони 2022 йилда қайд этилган рекорд 45 774 кишидан 20 фоизга кам.

Rus gazi to‘xtashi qaysi davlatlarga ta’sir qiladi, qaysilariga ta’sir qilmaydi?

Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.

Puerto-Rikoning 1,3 milliondan ortiq aholi elektr energiyasisiz qoldi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВ хабар бермоқда.

Turkiyada sayyohlardan foyda ko‘rgan firibgarlar to‘dasi qo‘lga olindi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Evropa Ittifoqi Ukraina orqali gaz tranzitini to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qildi

Бу ҳақда Еврокомиссия расмий вакили Анна-Каиса Итконен РИА Новости билан суҳбатда маълум қилди .

Germaniya Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

AQSh moliya vazirligi Ukrainaga 3,4 milliard dollar yordam ajratadi

“АҚШ Халқаро тараққиёт агентлиги ва Давлат департаменти билан келишилган ҳолда биз 3,4 миллиард доллар ажратмоқдамиз”, деди Еллен, АҚШ молия вазирлиги.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Документида муаммоси бор ҳамюртларимиз вақтида ҳужжатларни тўғирлаб олинг!

Reuters: Italiya infratuzilmasiga rossiyaparast xakerlar hujum qildi

NoName057 ўзини "энг фаол россияпараст хакерлар гуруҳи" деб атайди.

Janubiy Koreyada 7 kunlik motam e’lon qilindi

Жанубий Корея ҳукумати самолёт ҳалокати муносабати билан 4 январгача 7 кунлик миллий мотам эълон қилди.

Trampning istagi Rossiya va Xitoy foydasiga xizmat qiladimi?

Бу ҳақда америкалик сенатор Бен Кардин айтиб ўтди.