Bosh prokuratura fuqarolarga murojaat yo‘lladi

A A A
Bosh prokuratura fuqarolarga murojaat yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolarga murojaat yo‘llab, karantin bilan bog‘liq joriy etilgan barcha tartib - qoidalarga so‘zsiz va qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Aziz vatandoshlar ! Butun insoniyat XXI asrda misli ko‘rilmagan katta va og‘ir sinovga duch keldi.

Koronavirus infeksiyasi aksariyat mamlakatlar hayotini karaxt ahvolga soldi.

Bor kuch va imkoniyatlar hali - hamon infeksiya tarqalishini to‘xtatishga, uning shiddatini oz bo‘lsa - da, pasaytirishga jalb etilmoqda.

Mazkur ofatning iqtisodiy, ijtimoiy oqibatlarini, ularning ko‘lamini va infeksiya yuzaga keltirgan inqirozdan chiqish uchun qancha vaqt va resurs talab etilishini   esa,   hozir   hech   kim   aniq ayta   olmaydi.

Ana shunday murakkab va tahlikali sharoitda har tomonlama oqilona ish tutayotgan, o‘z xalqi bilan hamjihatlikda zarur choralarni ko‘rayotgan davlatlargina pandemiyaning ta’sirini yumshatishga, jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, fuqarolarning xavf - xatarlar bilan yakkama - yakka qolmasligiga musharraf   bo‘lmoqda.

Bunday davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham borligi og‘ir kunlarda barchamizga taskin bermoqda va halovatli   kunlarning   yaqinligiga   qat’iy   ishonch   uyg‘otmoqda.

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmon va qarorlari hamda bevosita ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilayotgan qat’iy chora - tadbirlar, ular ijrosining oliy darajadagi muntazam muhokamasi pandemiya xurujiga qo‘yilgan to‘siq sifatida uning mudhish oqibatlarining   oldini   olmoqda.

O‘z navbatida, kasallikka chalingan har bir fuqaro shaxsan muhtaram Prezidentimizning nazorati va g‘amxo‘r-ligida davolanmoqda. Bugun aksariyat mamlakatlarda bemorlar duch kelayotgan moddiy va ijtimoiy muammolar O‘zbekistonda davolanayotganlar uchun dolzarblik kasb etayotgani  yo‘q.

Eng asosiysi, aksariyat fuqarolarimiz amalga oshirilayotgan tadbirlar, xususan karantin choralarini to‘g‘ri tushunish va xayrixohlik bilan qabul qilmoqda, mas’ullarning   qonuniy   talablariga   rioya   etmoqda.

Biroq, hozirgi sharoitdagi sustkashlik, loqaydlik, beparvolik, ortiqcha xotirjamlikka berilish, tashabbuskorlik va fidoyilikni unutish el - yurtga xiyonat bilan barobardir.

Ayniqsa, davlat organlari va ularning mas’ullari koronavirus infeksiyasining mamlakatimizda keng tarqalishining oldini olish, uning davlat va jamiyat hayotiga, har bir fuqaroning kundalik turmush tarziga salbiy ta’sirini kamaytirish borasidagi o‘ziga xos kurashning oldingi   saflarida   bo‘lishi   taqozo   etilmoqda.

Binobarin, Bosh prokuratura tegishli vakolat hamda majburiyatlar doirasida global inqiroz va pandemiya sharoitida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi shart bo‘lgan qo‘shimcha vazifalarni belgilab oldi.

Jumladan, bugungi murakkab vaziyatda prokuratura organlari tomonidan quyidagi vazifalar ijrosiga ustuvor   ahamiyat   qaratiladi:

birinchidan, karantin munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalar, shuningdek vaqtinchalik daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolarimizni ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash choralarini alohida  nazoratga  olamiz.

Prokuror sektorlarida ana shunday vaziyatdagi 5 mingta oilaga karantin davrida bevosita prokuratura organlari tomonidan belgilangan miqdorlarda moddiy yordam ko‘rsatiladi;

ikkinchidan, ish haqi, pensiya va nafaqa to‘lovlarining to‘liqligi va uzluksizligi ustidan qat’iy nazorat olib boriladi.

Bu jarayonda ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashning  barcha  zarur  choralari  ko‘riladi;

uchinchidan, karantin davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx - navoni barqaror   saqlash  choralari ko‘riladi.

“Daladan dasturxonga” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilardan bevosita iste’molchilarga, asosiysi, mahallalarda ko‘chma savdoni tashkil etish orqali fuqarolarimizga eng yaqin va   qulay   hududlarga   etkazib  beriladi; 

to‘rtinchidan, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sirini yumshatish borasidagi chora-tadbirlar doirasida:

– tadbirkorlarni qo‘llab - quvvatlash, karantin cheklov-lari, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etgan holda ularning faoliyati to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikning barcha   zarur  choralari  ko‘riladi;

– tadbirkorlarga soliq to‘lovlari, bank kreditlari hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning to‘liq   qo‘llanilishi  ustidan  nazorat   olib   boriladi;

– eksportyorlarni qo‘llab - quvvatlash, eksport prognozi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga  oshiriladi.

Bunda 3.379 nafar eksportyorning har biriga xodimlarimiz biriktirilib, yuzaga kelayotgan muammolar birgalikda hal etiladi va ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Mazkur amaliyot 30 dan ortiq ish o‘rniga ega, yirik oziq - ovqat ishlab chiqaruvchilari bilan ham yo‘lga qo‘yiladi;

– yuk tashishda turli to‘siq va muammolar vujudga kelishining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rib boriladi. Mavjud 516 ta karantin postlariga biriktirilgan xodimlarimiz bu borada alohida ish olib boradi; 

– davlat hamda hududiy investisiya dasturlari ijrosi   ustidan   nazorat  yanada  kuchaytiriladi;

– byudjet tushumi ijrosini ta’minlash va yangi tushum   manbalarini   aniqlashga  faol ko‘maklashiladi;

beshinchidan, oziq - ovqat xavfsizligini ta’minlash choralari doirasida prokuror sektorlarida g‘alla parvarishi, chigit ekilishi, shuningdek aholi tomorqalarida ertaki ekinlar to‘liq ekilishini ta’minlash choralari  ko‘riladi; 

oltinchidan, karantin cheklovlari davrida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish   ishlari  bir  zum  ham  to‘xtatilmaydi.

Bunda fuqarolarning karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishlarini ta’minlash, shuningdek, koronavirus pandemiyasi haqida asossiz xabarlar tarqatish, aholi orasida sarosima va vahima keltirib chiqarishga urinishlarning oldini  olishga  alohida  e’tibor  qaratiladi;

ettinchidan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ularning salomatligini nazoratga olishda prokuratura tergovchilari sanitariya - epidemiologiya nazorati xizmatlariga  yaqindan  ko‘maklashib  boradi.

Aziz  vatandoshlar !

Ishonchimiz komilki, ko‘pni ko‘rgan, mashaqqatli davrlarda toblangan xalqimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi sinovdan ham yorug‘ yuz bilan  albatta   o‘tadi.

Buning uchun, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimizdan hushyorlik va ogohlikni keskin kuchaytirish, karantin bilan bog‘liq joriy etilgan barcha tartib - qoidalarga so‘zsiz va qat’iy amal qilish talab etiladi.

Sabr - qanoat, iroda, metindek mustahkam tartib -intizom   bizni  yorug‘  kunlarga  tezroq  yaqinlashtiradi.

Prokuratura organlari, ularning har bir xodimi esa, zimmasidagi vazifalarni so‘zsiz bajarish baro-barida har qanday yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolarga   elkadosh   bo‘lishni  o‘zi  uchun  sharaf  deb  biladi, deyiladi Bosh prokuraturaning murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.