Bolgariya mehmonxonalari Ukrainadan kelgan qochqinlarni ovqatlantirishni to‘xtatdi

Bolgariya mehmonxonalari Ukrainadan kelgan qochqinlarni ovqatlantirishni to‘xtatdi

Bolgariyada ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturi o‘zgartirildi, undan oziq-ovqat chiqarib tashlandi, deb xabar bermoqda Sofia Globe.

Qayd etilishicha, Qora dengiz sohilidagi mehmonxonalar egalari davlat tomonidan ajratilgan mablag‘ yetishmasligi sababli qochqinlarni ovqatlantirishni to‘xtatgan.

“Oxirgi uch kun davomida biz qochqinlarni o‘z mablag‘imiz hisobidan oziq-ovqat bilan ta’minlab kelmoqdamiz, biroq bugundan boshlab ularni ovqatlantirishni to‘xtatdik, chunki bunga imkonimiz yo‘q”, — dedi mehmonxona egasi Mixail Zegov.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bolgariyada davlat dasturi doirasida Ukrainadan kelgan 10 mingdan ortiq qochqin istiqomat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!