Bolalikda qabul qilingan antibiotiklar astma va allergiya xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin

Bolalikda qabul qilingan antibiotiklar astma va allergiya xastaliklarini keltirib chiqarishi mumkin

Yangi asr tibbiyoti antibiotiklardan voz kechish tarafdori. Bu borada dastlabki qadamlar tashlanyapti ham. Chunki bunday preparatlardan foydalanish borgan sari og‘ir asoratlarni keltirib chiqarmoqda.

💊 To‘g‘ri, ba’zi xastaliklarni davolash, ayniqsa og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishda ushbu dori-darmonlarning samarasini inkor qilib bo‘lmaydi.

Ammo borgan sari bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi ortayotgani juda xavotirli. Aniqlanishicha, ayni shu omil dunyoda sodir bo‘layotgan erta o‘limning asosiy sabablaridan biriga aylanyapti.

Yaqinda esa AQShning Rutgers va Nyu-York hamda Shveysariyaning Syurix universitetlari olimlari tomonidan bu borada o‘tkazilgan qo‘shma tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

‼️ Qayd etilishicha, kichik yoshli bemorlarda qo‘llanilgan antibiotiklar ularning ovqat hazm qilish tizimida sog‘lom bakteriyalar o‘limiga sabab bo‘ladi. Oqibatda jajji organizmda bora-bora astma va allergiya kasalliklari rivojlanishi xavfi yuzaga keladi.

Tadqiqot mualliflari ilmiy xulosasini jonivorlarda sinovdan o‘tkazdi. Tajriba davomida besh kunlik sichqonlarga antibakterial vositalar — azitromisin yoki amoksisillin berildi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib, ya’ni jonivorlar ulg‘aygach, ularda immunitet reaksiyasi kuzatildi. Ya’ni bunday dori-darmonlarning kuchli allergiya xastaliklarini keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu tadqiqot antibiotiklardan foydalanishni cheklash yoki kelgusida ulardan butunlay voz kechish uchun yana bir muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!