“Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi

A A A
“Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi

“Zaminfondi va YUNISEF tomonidan Butunjahon bolalar kuniga bag‘ishlab gibrid formatda “Bolalarning sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.

Tadbirda BMT va uning tarkibiga kiruvchi tuzilmalar rahbariyati, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus, davlat idoralari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Ozarbayjon, Malayziya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning ilmiy va pedagogik doiralari vakillari hamda ekofaollar ishtirok etdi.

Forumda Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva nutq so‘zladi.

— O‘zbekistonning Bolalar, yoshlar hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish harakatlari to‘g‘risidagi deklarasiyaga qo‘shilganini chin dildan olqishlaymiz. Bu muhim qadam, mamlakatimiz bolalarning tom ma’noda hayoti uchun, yorqin kelajagi uchun kurashishga sodiqligining belgisi. Sog‘lom sayyora, toza havo, xavfsiz muhit. Aynan shular bolalarning voqeligiga aylanishi shart.

Biz shunchaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uchun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erishish yo‘lida muhim o‘rin tutadi. Faqatgina birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan ushbu maqsadga erishishimiz mumkin, - dedi “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston MDH hududida ushbu deklarasiyaga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Deklarasiyada hukumatlarning iqlimga doir siyosatda va harakatlarda bolalarning huquq va manfaatlarini barcha darajalarda izchil hisobga olish borasidagi qator majburiyatlari aks etgan.

Forum iqlim o‘zgarishining atrof-muhitga salbiy ta’sirlarini yumshatish, bu borada inson huquqlari, ayniqsa yosh avlod huquqlarini samarali ro‘yobga chiqarish masalalariga bag‘ishlandi.

Muloqot maydoni ishtirokchilari iqlim o‘zgarishi zamonamizning asosiy tahdidlaridan biri ekani, odamlar, ayniqsa yoshlar va bolalarning hayot sifatiga bevosita tas’sir ko‘rsatayotgani borasida yakdil fikr bildirdilar. Ushbu muammoni kechiktirmasdan hal qilish zarurligidan so‘zga chiqqanlarning xavotirli raqam va faktlari ham dalolat beradi.

Xususan, BMTning inson huquqlari va atrof-muhit masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Devid R. Boyd o‘zining videomurojaatida sayyoramizdagi har bir bola va o‘smir toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitda yashashga haqli ekanini ta’kidladi.

— Lekin muammo shundaki, ushbu huquq haqidagi ilhombaxsh gaplar va butun dunyodagi millionlab bolalar kundalik hayotida duch kelayotgan voqelik o‘rtasida katta masofa mavjud. Ifloslangan havo har yili 600 mingdan ziyod bolaning hayotiga zomin bo‘lmoqda; yuz millionlab bola xavfsiz ichimlik suvi va to‘yib ovqatlanish imkoniyatidan bahramand bo‘la olmayapti; bolalar ularning rivojlanish jarayonlariga ziyon yetkazishi va hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qo‘rg‘oshin va simob kabi toksik kimyoviy moddalar ta’sirini boshidan kechirmoqda.

Ayni paytda, toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitda yashash huquqi –hukumatlarning atrof-muhitni himoya qilish borasidagi harakatlarini tezlashtirish uchun bolalar va yoshlar uchun tomonidan ishga solinishi mumkin bo‘lgan vositadir. O‘ylaymanki, barchamiz bolalarga huquqiy jarayonlarda ishtirok etish va o‘z fikrini bildirish imkoniyatlarini yaratib berishimiz kerak, - dedi Devid R. Boyd.

Mavzu yuzasidan dolzarb ma’lumotlarni Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xelga Shmid ham keltirdi. U ham bolalar iqlim o‘zgarishining keng ko‘lamli oqibatlari oldida zaif ekanliklariga e’tibor qaratdi.

- Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, 2021 yilda tug‘ilgan bolalar ularning 60 yil avval tug‘ilgan bobo va momolariga nisbatan 7 marta ko‘p anomal issiqlik to‘lqinlarini, ikki barobar ko‘p o‘rmon yong‘inlarini va qariyb uch barobar ko‘p qurg‘oqchilik holatlarini boshidan kechiradilar. Shuning uchun, YUNISEFning “iqlim inqirozi – bola huquqlari inqirozi” degan fikrlariga qo‘shilmaslikning iloji yo‘q, - dedi u.

Iqlim inqiroziga yechim topish davrimizning kechiktirib bo‘lmas ustuvor vazifasi ekanini YUNISEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan ham tasdiqladi. Uning aytishicha, u vakillik qilayotgan mintaqalarning o‘zida 198,5 million nafar bola ekologiya va atrof-muhit bilan bog‘liq turli tahdidlardan aziyat chekmoqda.

— Bolalar iqlim inqirozining sababchilari bo‘lmasa-da, uning ta’sirini nomutanosib ravishda kuchli sezmoqda. Shu sababli qayd etmoqchimanki, hozir bolalar uchun qilishimiz mumkin eng yaxshi sarmoya – ular yashashi, o‘sishi va farovon hayot kechirishi uchun zarur xizmatlar iqlim va ekologiya larzalariga barqaror bo‘lsin; barcha bolalar va yoshlarning “yashil o‘tish”ga erishish va barcha uchun farovon dunyo barpo etish uchun kerak bo‘ladigan ta’lim olish va ko‘nikmalarni yaxshilash borasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlaylik, - dedi Xan xonim.

Ekologik tahdidlarga qarshi turish uchun yechimlardan birini BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YUNEP) Inger Andersen taklif qildi:

— Biz birlashib, iqlim, tabiat o‘zgarishi, atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kurashish bo‘yicha barcha dasturlarni birlashtirish uchun zarur choralar ko‘rishimiz lozim. Atrof-muhitni nazorat qilish bo‘yicha qo‘limizdan kelgan eng salohiyatli sifat standartlarini belgilash va joriy qilishimiz kerak. Atrof-muhitni himoya qilish harakatlarini ilgari surish uchun kesishuv nuqtalarini topishimiz kerak. Toki yoshlarning ovozi eshitilsin. Sayyoraga zarar yetkazishdan olingan moliyaviy oqimlar uning farovonligiga yo‘naltirilsin. Bolalarimizga barqaror kelajak huquqini taqdim etish uchun zarur barchasini qilishimiz lozim.

Buning uchun bizga mustahkam hamkorlik munosabatlari kerak. Shu munosabat bilan “Zamin” fondi va ko‘plab boshqa tashkilotlar bilan hamkorlgimizdan g‘ururlanamiz va uni qadrlaymiz, - dedi Inger Andersen.

Forum qonunchilik asoslarini takomillashtirish orqali ekologik muammo va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha global va milliy miqyosda amalga oshirilayotgan harakatlar yuzasidan amaliy fikr almashish uchun samarali maydon bo‘ldi.

Tadbir yakunida xalqaro hamjamiyatga bola huquq va manfaatlarini iqlim sohasidagi harakatlarining markaziga qo‘ygan holda iqlim inqirozining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va milliy sa’y-harakatlarni kuchaytirish bo‘yicha da’vat qilingan Yakuniy hujjat qabul qilindi.

Ma’lumot uchun: Butunjahon bolalar kuni 1954 yilda e’lon qilingan va har yili 20 noyabr kuni nishonlanadi.

BMTga a’zo davlatlar tomonidan Butunjahon bolalar kuni nishonlanishi jamoatchilikning bolalar huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish hamda muloqot orqali butun dunyo bolalari uchun qulay muhit yaratish borasidagi xabardorligini oshirish uchun noyob imkoniyat beradi.

Shior:

Iqlim o'zgardi, biz ham o'zgarishimiz shart!

Klimat izmenilsya, i mi doljni!

Climate changed and we have to!

Xeshteg:

#Iqlim_ozgardi_biz_ham_ozgarishimiz_shart

#Klimat_izmenilsya_i_mi_doljni

#Climate_changed_and_we_have_to


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.