Boks: o‘zbek sporti tarixidan joy olgan Jahon chempionatida 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdik

Boks: o‘zbek sporti tarixidan joy olgan Jahon chempionatida 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdik

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida terma jamoamiz o‘z ishtirokini yakunladi.

Quvonarlisi, Turkiyada davom etayotgan ushbu musobaqa o‘zbek ayollar boksida ilk medallar qo‘lga kiritilgan Jahon chempionati sifatida tarixda qoldi.

-50 kg vaznli bokschimiz yarim finalda kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

+81 kg vaznli bokschimiz Mohira Abdullayeva esa JCh yarim finalida marokashlik Xaija Mardiga qarshi ringga ko‘tarildi. Afsuski, 1-raundda bokschimiz oyog‘idan jarohat oldi. Shundan so‘ng hakamlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi va oqibatda g‘alaba Marokash vakilasiga taqdim etildi. Shunday qilib, mazkur dunyo birinchiligini terma jamoamiz 2ta bronza medali bilan yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!