"Boburnoma" badiiy filmi uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qarori bilan mahalliy byudjetning 1-choragi orttirib bajarilgan qismidan pul ajratiladi.
Pul miqdori jami 8 mlrd 577 million so‘mni tashkil etadi.
Jumladan:
1. “Bolalar shaharchasi” bino inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlariga sport maydoncha qurish uchun 1,0 (bir) million so‘m;
- Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi ma’muriy bino-inshootlarini rekonstruksiya qilishga 1,0 (bir) milliard so‘m;
2.Viloyat hokimligi ishlar boshqarmasiga:
- viloyat hokimligi “Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamg‘armasi orqali viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DUKga Qo‘rg‘ontepa tumani 9228-harbiy qism boshqarmasi hududida 120-xonadonli ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilish ishlari uchun 1,0 (bir) milliard so‘m;
- Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan tarixiy “Boburnoma”badiiy filmini suratga olish xarajatlariga 2,0 (ikki) milliard so‘m;
- Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 700,0 (etti yuz) million so‘m;
3.Shaharlar va tumanlar mahalliy byudjetlariga hamda tegishli tashkilotlarga;
- viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan viloyat tadbirini o‘tkazish xarajatlariga 316,0 (uch yuz o‘n olti million so‘m;
- viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga 7-17 yoshli maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqalarini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbir xarajatlariga 190,0 (bir yuz to‘qson) million so‘m;
- Andijon tuman mahalliy byudjetiga ehtiyojmand aholi xonadonlariga quyosh panellari o‘rnatish ishlariga 200,0 (ikki yuz) million so‘m;
- Andijon shahar mahalliy byudjetiga shahar markaziy ko‘chalariga veloyo‘lakchalar barpo etish hamda piyodalar yo‘laklarini obodonlashtirish uchun maxsus bo‘yoq sotib olish xarajatlariga 800,0 (sakkiz yuz) million so‘m hamda shahar markaziy ko‘chalari A.Navoiy shoh ko‘chasiga katarantus gul ko‘chati uchun 868.0 (sakkiz yuz olmish sakkiz) million so‘m, mavsumiy va manzarali gullar uchun 500 (besh yuz) million so‘m; umumiy jami 8577,0 (sakkiz milliard besh yuz yetmish yetti) million so‘m miqdorida mablag‘lar ajratiladi.