BMT: Yaman “tirik o‘liklar” o‘lkasiga aylanishi mumkin

BMT: Yaman “tirik o‘liklar” o‘lkasiga aylanishi mumkin

BMT Oziq-ovqat dasturi (WFP) yamanliklarga yetkaziladigan oziq-ovqat yordami ikki baravar orttirilishini ma’ulm qildi, deya xabar bermoqda DW.

Shu tariqa urush girdobida qolgan mazkur mamlakat aholisining yarmini – 14 million kishini yordam bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Oziq-ovqat dasturi vakili Xerve Verxusel kecha Jenevada o‘tkazilgan brifingda qurolli to‘qnashuvlar darhol to‘xtatilishi zarurligini, aks holda Yaman “tirik o‘liklar, terisi ustixoniga yopishgan odamlar o‘lkasi”ga aylanib qolishini ta’kidladi.  Shuningdek, u qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan bir paytda odamlarga yordam yetkazishning mushkul ekaniga e’tibor qaratdi.

BMT ayni paytda Yaman dunyoning eng yirik gumanitar inqirozini boshidan o‘tkazayotganini aytmoqda.  

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!