BMT Qozog‘istondagi tomonlarni zo‘ravonlikdan tiyilishga chaqirdi

BMT Qozog‘istondagi tomonlarni zo‘ravonlikdan tiyilishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish idorasi Qozog‘istondagi barcha tomonlarni zo‘ravonlikdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

BMT Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning aytishicha, tashkilot mamlakatdagi vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda. “Hozirgi voqealarga aloqadorlarning barchasi vazminlik ko‘rsatishi, zo‘ravonlikdan voz kechishi va barcha muammolarni hal qilish uchun muloqotga yordam berishi juda muhim”, dedi u.

Qozog‘istonda 2 yanvar, yakshanba kuni avtomobillar uchun gaz narxi litri uchun 60 tengedan 120 tengega oshishi munosabati bilan norozilik namoyishlari boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!