BMT "G‘allani olib chiqish rejasi Ukraina va Rossiya rozi bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin"

BMT "G‘allani olib chiqish rejasi Ukraina va Rossiya rozi bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin"

BMT Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining Ukraina donini Qora dengizdagi xavfsiz dengiz yo‘laklari orqali Ukraina portlarini tozalashdan oldin ham eksport qilish mumkinligi haqidagi bayonotini “judayam ijobiy” deb atadi, deya xabar bermoqda BMT matbuot xizmati.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning ta’kidlashicha, BMT bu masalada Turkiya hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda va "bu muammoni hal qilishdagi sa’y-harakatlari uchun mamlakat prezidenti, tashqi ishlar vaziri va turk harbiylariga minnatdorchilik bildiradi".

Ukraina portlarini tozalashdan oldin don eksportiga kelsak, Stefan Dyujarrik bu BMT tomonidan taklif qilingan reja ekanligini tasdiqladi. "Hozircha men tafsilotlarga kirmayman", – dedi u. – “Ushbu rejani amalga oshirishning bir qancha variantlari mavjud. Shubhasiz, Turkiya armiyasi uni amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi”.

Ukraina portlarni minalardan tozalash orqali o‘z shaharlarini dengizdan hujumlarga qarshi himoyasiz qoldirishidan xavotirda. Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, BMT barcha tomonlar bilan yaqin aloqada, Turkiya esa muloqotni muvofiqlashtirishga yordam bermoqda.

Stefan Dyujarrikning aytishicha, minalardan tozalashdan oldin g‘allani olib chiqish rejasi Ukraina va Rossiya rozi bo‘lsagina amalga oshirilishi mumkin. Rossiya va Ukraina g‘allasi va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga olib chiqilsa, oziq-ovqat narxining pasayishiga olib keladi, deb umid qilmoqda BMT rasmiylari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!