BMT: "Bu to‘liq ro‘yxat emas..."

BMT: "Bu to‘liq ro‘yxat emas..."

BMT: "Ukrainadagi urushning birinchi haftalarida rus qo‘shinlari 400 dan ortiq tinch aholini, shu jumladan 30 bolani o‘ldirdi va bu to‘liq ro‘yxat emas"

BMTning inson huquqlari bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, Rossiya kuchlari Ukrainadagi urushning dastlabki haftalarida kamida 441 nafar tinch aholini, jumladan, bolalarni o‘ldirgan.

Gap Ukrainaning uchta viloyati — Kiyev, Chernigov va Sumi haqida ketmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, ro‘yxat faqat hujjatlashtirilgan holatlardan iborat bo‘lib, urushda qurbon bo‘lganlarning haqiqiy soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Hisobotda aytilishicha, topilgan jasadlarning aksariyatida qasddan qotillik alomatlari bor.

"Ta’riflangan harakatlar Rossiya qurolli kuchlari tomonidan o‘z nazorati ostidagi hududlarda sodir etilgan va 441 nafar tinch aholi — 341 erkak, 72 ayol, 20 o‘g‘il va 8 qizning o‘limiga olib kelgan", deyiladi xabarda.

Rossiya rasmiylari ukrainalik fuqarolarning ommaviy o‘limiga aloqadorligini rad etib, ular faqat harbiy nishonlarga o‘q uzayotganini ta’kidlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!