BMT Bosh kotibining o‘rinbosari: Inson bo‘lmaganlar qattiq jazolanishi kerak

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari: Inson bo‘lmaganlar qattiq jazolanishi kerak

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, tashkilotning Terrorga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov "Krokus Siti Xoll"dagi teraktni sodir etgan noinsoniylar qattiq jazoga tortilishi kerakligini aytdi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Voronkov ushbu teraktni keskin qoralashini ta’kidladi.

“Terrorizmning hech qanday oqlovi yo‘q... Terrorchilar tomonidan begunoh odamlar: bolalar, ayollar, erkaklar vahshiylarcha o‘ldirilishi meni hayratda qoldirdi”, — dedi Bosh kotib o‘rinbosari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!