BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Eronda namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik haqidagi xabarlardan dahshatga tushganini aytdi.
Bosh kotib o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida bayonot joylashtirdi.
"Men Eron rasmiylari tomonidan namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik va haddan tashqari kuch ishlatish haqidagi xabarlardan dahshatga tushdim, bu so‘nggi kunlarda o‘lim va jarohatlarga olib keldi. Fikr bildirish, uyushish va tinch yig‘ilishlar erkinligi huquqlari to‘liq hurmat qilinishi va himoya qilinishi kerak", deyiladi bayonotda.
Guterresh shuningdek, Eron rasmiylarini maksimal darajada vazmin bo‘lishga va keraksiz yoki nomutanosib kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi. U aholining axborotga kirishini ta’minlash, jumladan, aloqani tiklash uchun choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Eronda norozilik namoyishlari 28 dekabr kuni milliy valyutaning to‘satdan qulashi ortidan boshlandi va o‘shandan beri mamlakat bo‘ylab kamida 46 ta shaharga tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, o‘nlab odamlar, jumladan, kamida besh bola halok bo‘lgan va yana ko‘plari jarohatlangan. 8 yanvar kuni kechqurun respublikada internet va mobil aloqa uzilib qoldi, bu esa kuchayib borayotgan zo‘ravonlik sharoitida axborotga kirishni keskin cheklab qo‘ydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.
Суриянинг Ҳалаб шаҳрида бир неча кундан буён мамлакат марказий ҳокимияти армияси ва курдларнинг Сурия Демократик кучлари ўртасида жанглар давом этмоқда. Ҳалабнинг курдлар яшовчи икки туманида артиллерия қўлланган ҳолда олиб борилаётган жанглар сешанба куни бошланган.