Blinken Isroilga Bayden kelishuvini ilgari surish uchun keladi

Blinken Isroilga Bayden kelishuvini ilgari surish uchun keladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqqa harbiy harakatlarni tugatish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun yana bir bor kelgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenni qabul qildi.

Blinkenning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlari prezident Jo Bayden may oxirida e’lon qilgan shartlar asosida o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat kotibining fikricha, bu kelishuv ham G‘azoda, ham Isroilning shimoliy chegarasida osoyishtalikni ta’minlaydi va Quddus va arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini tiklashga yordam beradi.

Yig‘ilishda Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Tzachi Hanegbi va Strategik ishlar vaziri Ron Dermer ham ishtirok etdi. Shundan so‘ng Blinken Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats bilan uchrashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!