«Biz uchun Tramp kim? U butun dunyo bo‘ylab polisiyachimi?»

«Biz uchun Tramp kim? U butun dunyo bo‘ylab polisiyachimi?»

Hindiston musulmonlarining nufuzli yetakchisi va «All India Majlis-e-Ittehadul Muslimeen» mintaqaviy partiyasining raisi (Butun Hindiston musulmonlari ittifoqi assambleyasi, BHMIA) Asaduddin Ovaysiy Hindiston bosh vaziri Narendra Modining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Hindistonning ichki ishlarini muhokama qilayotgani munosabati bilan tashvish bildirdi. Bu haqida Hindistonning «Amar Ujal» nashri xabar bermoqda.

Asaduddin Ovaysiy jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, rasmiy Dehli Kashmir masalasini doimiy ravishda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar muammosi sifatida ko‘rib chiqishini ta’kidladi. BHMIA yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Narendra Modining AQSh prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilishi va u bilan Kashmir masalasini ikki tomonlama muhokama qilishiga hech qanday hojat yo‘q. «Biz uchun Tramp kim? U butun dunyo bo‘ylab polisiyachimi?», demoqda Asaduddin Ovaysiy.

Avvalroq, Narendra Modi va Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib, unda Hindistonning Jammu va Kashmirdagi vaziyat muhokama qilindi. AQSh prezidenti Hindiston Bosh vazirini muloyim bo‘lishga va mojaroning yanada avj olishiga to‘sqinlik qilishga chaqirdi. Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Hindiston parlamenti Hindistonning Jammu va Kashmir shtatlarining imtiyozlarini bekor qilishni ma’qulladi. Pokiston ushbu qarorni keskin qoralagan holda rasmiy Dehlini Kashmir masalasini bir tomonlama hal qilishga urinishda ayblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!