Bir yil shartli qamoq — Karim Benzemaga hukm o‘qildi

Bir yil shartli qamoq — Karim Benzemaga hukm o‘qildi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema terma jamoadoshi Matye Valbuenani shantaj qilishga urinishda aybdor deb topildi.

Get French Football News xabariga ko‘ra, sud Benzemani 1 yil shartli qamoqqa hukm qilgan va 75 ming yevro jarimaga tortgan.

Sud Benzema buni pul uchun emas, balki bolalikdagi do‘sti Karim Zenati bilan uzviy aloqasi tufayli qilgan deb hisobladi. Futbolchining o‘zi ham "Sherif" bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgani uchun uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

Eslatib o‘tamiz, gap 2015 yilgi holat haqida ketmoqda. O‘shanda Benzema Valbuenani intim mazmundagi videoni chop etish bilan tahdid qilgan shantajchilarga pul to‘lashga undagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!