Bir qator qotilliklarda gumon qilinayotgan mansabdor shaxs hibsga olindi

Bir qator qotilliklarda gumon qilinayotgan mansabdor shaxs hibsga olindi

Rossiyaning Xabarovsk viloyati gubernatori Sergey Furgalga qarshi jinoiy ish ochildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir qator tadbirkorlarni o‘ldirishga urinish va qotillikning tashkilotchisi sifatida gumon qilinmoqda.

“TASS” xabariga ko‘ra, yaqin vaqt ichida siyosatchi Moskvaga, Basmanniy sudiga yetkaziladi.

“Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining alohida muhim ishlarni tergov qilish bosh boshqarmasi Xabarovsk hududi hamda Amur viloyatida 2004-2005 yillarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi bir qator o‘ta og‘ir jinoyatlarni uyushtirish va sodir etishda ishtirok etgan uyushgan jinoiy guruhga qarshi ko‘p qismli jinoiy ish bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda. Bu ishda tezkor yordam Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etiladi”, deyiladi bayonotda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!