Benzema bir nechta shaxsiy sovrinlar qo‘lga kiritdi

Benzema bir nechta shaxsiy sovrinlar qo‘lga kiritdi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumi yakunida uchta individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Har yili Marca sport gazetasi tomonidan o‘tkaziladigan marosimda futbolchiga Pichichi kubogi (mavsumning eng yaxshi to‘purari), Di Stefano mukofoti (eng yaxshi futbolchi) va muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi.

34 yoshli fransiyalik hujumchi o‘tgan mavsumda madridliklar safida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!