Bemor ayolni zo‘rlagani aytilgan feldsher ishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tergov bo‘limi jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish moddasi bilan jinoiy ish ochdi.
Mazkur hodisa ijtimoiy tarmoqda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Olmazor tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 119-moddasiga (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumon qilinuvchi prosessual tartibda qo‘lga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)