Belarusdagi yadroviy qurollar Putinning umidsizligidan dalolat beradi

Belarusdagi yadroviy qurollar Putinning umidsizligidan dalolat beradi

Belarusda yadro qurolining joylashtirilishi Putin mag‘lubiyatga uchramaslik uchun halokatli harakatlar qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatmoqda, deyiladi “Al Sharq Al Awsat” panarab gazetasida chop etilgan maqolada.

Ukrainada yana bir yillik urush butun dunyo uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishiga barcha ekspertlar rozi. Ammo hozircha hech kim tinch yo‘l bilan hal qilish uchun maqbul murosa topa olmadi.

Vladimir Putin bosib olingan hududlarni anneksiya qildi, demak u ularni bera olmaydi, chunki bu mag‘lubiyatni anglatadi, mag‘lubiyat esa hokimiyatni yo‘qotishga va Rossiyaning mumkin bo‘lgan qulashiga olib keladi.

G‘arb urush natijasida Ukraina xaritasini qayta chizishga rozi bo‘lolmaydi. Putin referendumlarning BMT shafeligida va Rossiya qo‘shinlari ishtirokisiz o‘tkazilishiga ham keskin qarshi.

Baxmutdagi qon to‘kilishi muzokaralar jarayoni joylashgan boshi berk ko‘chaning ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Belarusda yadro qurolining joylashtirilishi Rossiya rahbarining mag‘lubiyatni tan olishni istamasligini ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!