Belarus Venesuela bilan munosabatni tiklamoqchi

Belarus Venesuela bilan munosabatni tiklamoqchi

Belarus Venesuela bilan harbiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyor. "Lenta.ru" xabarida Prezident Aleksandr Lukashenko Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroga milliy bayram – Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida shu haqda qayd etgani keltirilgan.

"Ikki tomonlama munosabatni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qabul qilingan qaror tufayli Minsk va Karakas o‘rtasidagi aloqa sezilarli darajada faollashadi. Sa’y-harakatni birlashtirish hozirgi murakkab sharoitda davlatlarimiz barqaror rivojlanishini ta’minlaydi", deydi, jumladan, Lukashenko maktubida.

Lukashenkoning fikricha, so‘nggi paytda ikki davlat duch kelgan global muammolardan kelib chiqqan holda, bu qadam o‘z vaqtida amalga oshirilgani ayni muddao.

Davlat rahbari, shuningdek, Belarus siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar, harbiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish orqali Venesuela bilan do‘stlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!