Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi

Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tish bosqichida ishtirok etadi

Erkin kurash bo‘yicha "Tokio–2020" Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan vakilimiz Bekzod Abdurahmonov medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Bir oz avval -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida hamyurtimizni mag‘lub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozog‘istonlik Daniyar Kaysanov to‘qnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qo‘li baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan bo‘ldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun o‘tish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.

Ertangi dasturda Abdurahmonov o‘tish bosqichida Gvineya-Bisau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag‘lub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.

Shuningdek, ertaga bo‘lib o‘tadigan -97 kg vazn toifasining qur’a natijalari ma’lum. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Magomed Ibragimov dastlabki davrani turkiyalik Sulaymon Karadenizga qarshi o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!