Bektemirda ko‘p qavatli uyda chiqqan yirik yong‘inni o‘chirishga o‘nga yaqin texnika jalb qilindi

Bektemirda ko‘p qavatli uyda chiqqan yirik yong‘inni o‘chirishga o‘nga yaqin texnika jalb qilindi

Kecha, 19 avgust kuni Bektemir tumanining Toshkandiy ko‘chasida joylashgan 4 qavatli uyda yong‘in chiqqan. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga soat 17:46 da xabar kelgan.
 
Hodisada ko‘p qavatli uyning cherdak qismi, 2, 3, va 4-qavatdagi 3 ta xonadonning balkon va xonalari yongan. Jami 820 kvadrat metr o‘t ichida qolgan.
 
Yong‘inni o‘chirishda 8 ta asosiy harbiy o‘t o‘chirish texnikasidan foydalanilgan. Jumladan, har biri 2 va 4 tonna suv sig‘imiga ega 6 ta maxsus o‘t o‘chirish mashinasi, 4 ta narvon, bittadan aloqa va yoritish mashinasi.
 
“Internetda tarqagan yong‘inni o‘chirish uchun suv yetmay qolgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi IIBB xabarida.
 
Yong‘in 19:40 da bartaraf etilgan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inga 2-qavatda o‘rnatilgan kondisionerning elektr o‘tkazgichida yuz bergan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in tomdan o‘chirilgani  sababli bir nechta kvartira suvga to‘lgan.
 
Kvartiralarning suvga to‘lishi oqibatlarini bartaraf qilish uchun maxsus ishchi guruh tuzilgan. Unga shahar va tuman hokimiyatlarining mutaxassislari kirgan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!