Beeline O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarni taqdim etmoqda

Beeline O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarni taqdim etmoqda

Beeline Status Gold+ va Status Platinum+ tarif rejalaridagi abonentlar uchun yanada ko‘proq imtiyozlar taqdim etilishi haqida xabar beradi. Endi mazkur tarif rejalaridagi abonentlar O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarlarni amalga oshirishlari mumkin.

Status Gold+ tarif rejasiga o‘tish uchun *110*2# USSD-kodini terish lozim. Status Platinum+ tarif rejasiga o‘tish uchun *110*1# USSD-kodini terish lozim.

Shunga e’tibor berishingizni so‘raymiz, daqiqalarning texnologik chegarasi oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo‘ng‘iroqlar muloqoti bo‘yicha emas, balki bir abonent uchun cheksiz muloqot taqdim etiladi.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!