BBC: Marsda birinchi marta katta miqdorda suyuq suv topildi
Suv Mars yuzasidan 10-20 km chuqurlikda joylashgan. Olimlar sayyoramizdagi yer osti suvlarini topishning usullaridan foydalangan holda Marsning tubida ham suv borligi belgilarini aniqladilar.
Hozirgacha Mars qutblarida muzlagan suv borligi, uning atmosferasida bug‘ izlari borligi aniqlangan, ammo bu kashfiyot sayyorada suyuq suvning topilishining birinchi holatidir.
Olimlarning fikricha, suv havzalari butun Mars bo‘ylab joylashgan bo‘lishi mumkin, bu esa kelajakda sayyorada insonlar yashashi istiqbollarini yuzaga keltiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)