Bayrutda portlash 43 metr chuqurlikdagi kraterning paydo bo‘lishiga olib keldi

Bayrutda portlash 43 metr chuqurlikdagi kraterning paydo bo‘lishiga olib keldi

Livan poytaxtidagi portlash kamida 43 metr chuqurlikda ulkan kraterning paydo bo‘lishiga olib keldi, deb xabar berdi MTV telekanali hodisa sodir bo‘lgan joyni o‘rgangan fransuz mutaxassislarining ma’lumotlariga tayangan holda.

4 avgust kuni Bayrut portidagi omborda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash to‘lqini o‘nlab uylarni vayron qildi va 300 mingdan ortiq odam boshpanasiz qoldi. Kamida 154 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 6 ming odam jarohatlandi, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qoldi.

Livan Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, fojiaga olti yil oldin payvandlash ishlari paytida bojxona xizmatlari tomonidan musodara qilingan 2,7 ming tonnadan ortiq ammiakli selitra sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!