Bayden: Kursk hujumi Kreml uchun katta muammo

Bayden: Kursk hujumi Kreml uchun katta muammo

Kiyev Kurskdagi 74 ta shahar va qishloqni nazoratga olganini e’lon qilgach, AQSh prezidenti Jo Bayden bu hujum rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uchun «haqiqiy dilemma» ekanini aytdi.

Ukraina chorshanba kuni Kurskni dron hujumlari va raketalar bilan urdi. G‘arb davlatlari yaqinda Ukraina qo‘shinlariga qurollarini Rossiya hududi ichida qo‘llashga ruxsat berish haqidagi fikrlarini o‘zgartirdi va bu ularga Kursk shahriga borishga imkon berdi.

Ukraina harbiy qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy seshanba kuni kechki payt «40 kvadrat kilometrdan ortiq hudud nazorati qo‘lga olinganini» aytdi.

Kiyev hujum maqsadini tasdiqlamadi, bundan maqsad Rossiya hududini doimiy nazorat qilish emas.

Kreml Ukraina ehtimoliy sulh bitimi vaqtida ta’sir ko‘rsatmoqchi, deb hisoblasa, Vashingtondagi rasmiylar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlni Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqib ketishga va ularni Kurskka ko‘chirishga majburlamoqchi, deb taxmin qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!