Bayden Kaxovka GES atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi

Bayden Kaxovka GES atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi

AQSh Ukrainaga yordam ko‘rsatishda davom etadi. Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden Kaxovka gidroelektr stansiyasining (GES) vayron bo‘lishi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirayotib, ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Biz ketmaymiz. Biz Ukrainaga yordam beramiz", - dedi jurnalistlarga.

Kaxovka GESning yuqori qismi 5 iyun kuni tunda o‘qqa tutilish oqibatida qisman vayron bo‘ldi. Ukraina qo‘shinlari GESga “Olxa” zalp bilan o‘t ochuvchi tizimdan zarba berganini taxmin qilinmoqda. Ombor suvi pasayib bormoqda. Yaqin atrofdagi aholi punktlarini evakuasiya qilish boshlangan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “terakt” moddasi bilan jinoiy ish ochgan.

Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Kaxovka GESga qo‘poruvchilik harakatini uyushtirganini ma’lum qildi. Sodir bo‘lgan hodisa uchun javobgarlik Kiyev rejimi zimmasida.

Rossiya muddofaa vaziri Sergey Shoyguning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi Kaxovka GESni Xerson yo‘nalishidagi qo‘shinlarini o‘zi hujum qilayotgan hududlarga jo‘natish uchun portlatib yuborgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev GESni portlatib, terakt sodir etgan va bu katta hududlarni suv bosishiga va uzoq muddatli ekologik oqibatlarga olib keldi.

Kaxovka GES 2022 yil 30 sentyabrda referendum natijasida Rossiya tarkibiga kirgan Xerson viloyati Novaya Kaxovka shahridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Dnepr GES kaskadining oltinchi (quyi va oxirgi) bosqichidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!