Bayden ilk bor "Pandora dosyesi"ga izoh berdi

Bayden ilk bor "Pandora dosyesi"ga izoh berdi

Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh dunyoning turli yetakchilari bilan bog‘lanayotgan ofshor aktivlari aks etgan "Pandora dosyesi"ni o‘rganayotganini ma’lum qildi.
"Biz hozir buni o‘rganyapmiz", - dedi Bayden jurnalistlar tomonidan AQSh dosye bilan bog‘liq biror bir chora ko‘radimi, degan savolga javoban.
Ilgariroq xususan, Jorj Soros fondi tomonidan moliyalashtiriladigan surishtiruv o‘tkazuvchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) qator dunyo yetakchilarining ofshor sxemalariga aloqadorligi iddao qilingan "Pandora dosyesi"ni e’lon qilgan edi.
Hujjatda 35 nafar amaldagi va sobiq siyosatchilar, shuningdek, 100ga yaqin davlailardan 400 nafar amadorlar nomlari keltirilgan.
Jurnalistlar konsorsiumi o‘tkazgan surishtiruvda AQSh soliqdan qochish mumkin bo‘lgan eng yirik davlat sifatida tilga olingan.
Konsorsium ushbu surishtiruvni moliyaviy sirlarning eng ko‘lamdor fosh etilishi, deya atagan. Surishtiruvda 117ta davlatdan 600dan ziyod jurnalistlarning reportajlari shuningdek, sizdirilish oqibatida ega bo‘lingan 11,9 millionta fayllar o‘z aksini topgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!