Bayden Guantanamodagi maxsus qamoqxonani yopmoqchi

Bayden Guantanamodagi maxsus qamoqxonani yopmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Guantanamodagi maxsus qamoqxonani yopmoqchi. Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbasiga ko‘ra, Oq uy ushbu muassasaning kelajagi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni boshlagan. Ta’kidlanishicha, uning kelgusi taqdiri to‘g‘risidagi hujjat yaqin haftalar yoki oylarda imzolanishi mumkin.

AQShning Kubadagi harbiy bazasida joylashgan ushbu qamoqxona 2002 yilda tashkil etilgan va u xalqaro terrorchilar uchun mo‘ljallangan.

Mamlakatning 44-prezidenti Barak Obama ham Guantanamodagi qamoqxonani yopib, mahbuslarni boshqa mamlakatlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan edi. Biroq, 2018 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp uning ushbu qamoqxonani yopish haqidagi farmonini bekor qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!