Bayden AQShning Turkmaniston bilan hamkorligini kengaytirishga umid qilmoqda

Bayden AQShning Turkmaniston bilan hamkorligini kengaytirishga umid qilmoqda

Qo‘shma Shtatlar Turkmaniston bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga umid qilmoqda.

Neytral Turkmaniston gazetasi xabar berishicha, bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden turkmanistonlik hamkasbi Serdar Berdimuhamedovni Respublika Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida ma’lum qilgan.

"Biz iqlim inqirozini hal qilish va metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha birgalikda ishlayapmiz. Kelgusi yilda hamkorligimizni yanada mustahkamlash va kengaytirishni intiqlik bilan kutaman. Siz va butun turkman xalqiga o‘z milliy bayrami - Mustaqillik kunini shodiyona va tinch-osoyishta nishonlanishini tilayman”, deb yozgan Bayden.

Bayden Qo‘shma Shtatlar va Turkmaniston mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga, jumladan, terrorizmga qarshi kurash orqali yordam berayotganini ta’kidladi. U AQSh xalqi nomidan Berdimuhamedov va turkman xalqiga eng ezgu tilaklarini izhor etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!