Bayden 2024 yildagi prezident saylovida ishtirok etish rejasi haqida kongressning oraliq saylovidan keyin ma’lum qiladi

Bayden 2024 yildagi prezident saylovida ishtirok etish rejasi haqida kongressning oraliq saylovidan keyin ma’lum qiladi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezident saylovida ishtirok etish bo‘yicha qarorini shu yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressning oraliq saylovidan keyin e’lon qiladi. Blumberg agentligi Oq uy atrofida bo‘layotgan gaplardan xabardor bo‘lgan manbaga tayanib ushbu xabarni tarqatdi.

Iyul oyi so‘nggida Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Baydenning kelgusi saylovda ishtirok etish rejasi haqida ma’lum qilgan edi.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, 79 yoshli Bayden o‘zining saylovda ishtirok etish bo‘yicha qarorini "kelgusi bir necha oy ichida", ya’ni 8 noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressning oraliq saylovidan keyin ma’lum qiladi.

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham 2024 yilda saylovda ishtirok etish qarori haqida ma’lum qilib, bu haqda qachon e’lon qilishini aniq aytmagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!