Baxmutda 500 ga yaqin tinch aholi qolgan

Baxmutda 500 ga yaqin tinch aholi qolgan

Bu haqda shahar meri Aleksey Reva ma’lum qildi. U, shuningdek, rasmiylar 204 nafar tinch aholi o‘limi, jumladan, 4 nafar bola va 505 nafar tinch aholi yaralanganidan xabardor ekanini qo‘shimcha qildi va real raqamlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanishidan oldin Baxmutda 70 mingga yaqin odam istiqomat qilar edi. Shahar uchun faol janglar 2022 yilning yozidan beri olib borilmoqda. 2023 yil 21 mayda "Vagner" xususiy harbiy shirkati rahbari Yevgeniy Prigojin Baxmut butunlay Rossiya nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil boshida, qamal oylarida Baxmut 60 foizga, may oyiga kelib esa deyarli butunlay vayron qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!