«Bavariya» bosh murabbiyi koronavirus yuqtirib oldi

«Bavariya» bosh murabbiyi koronavirus yuqtirib oldi

«Bavariya» bosh murabbiyi Yulian Nagelsman vaksinalangan bo‘lsa-da, koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Klub bosh murabbiyi infeksiya yuqtirib olgani sababli Portugaliyada o‘tgan «Benfika»ga qarshi o‘yindan (0:4) keyin Germaniyaga alohida qaytgan. Nagelsman uyida o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilib, yaqin kunlarda jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» YECHL 3-turidan keyin «E» guruhida 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Benfika»da 4, «Barsa»da 3, «Dinamo» hisobida bir ochko mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!