«Barselona» sudga aybsizligini isbotlay olmayapti

«Barselona» sudga aybsizligini isbotlay olmayapti

«Barselona» korrupsiya ishi bo‘yicha soliq va prokuraturaga o‘zining aybsizligini isbotlay olmadi.

«Ko‘k-anorranglilar» hakamlar qo‘mitasining sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra hisobiga ma’lum mablag‘ o‘tkazib, hakamlarga pora berganlikda ayblangan edi.

«Klub bu hamkorlik tafsilotlarini bilmaydi, chunki u bilan og‘zaki kelishuv bo‘lgan. Ushbu masalalar bo‘yicha muzokara olib borgan odamlar uzoq vaqtdan beri «Barselona»da ishlamayapti, dedi klub bunga javoban.

Biroq bu javob soliq xizmati va prokuraturaga mos kelmadi. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!