Barqarorlik reytingida rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Barqarorlik reytingida rekord ko‘rsatkich qayd etildi

«Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi» elektron onlayn platformasi ishga tushirilgandan beri eng yuqori rekord ko‘rsatkich qayd etildi.

📈 Jumladan, reytingning eng yuqori «AAA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni oxirgi 2 kunda 114 taga ko‘payib 295 taga yetdi.

Shuningdek, «AA» toifadagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 181 taga oshib 1 052 tani, «A» toifada esa 210 taga oshib, 1 729 tani tashkil etdi.

🇺🇿 Umumiy yuqori reyting darajasidagi tadbirkorlar jami 3 076 tani tashkil etmoqda.

Hududlar kesimida eng yuqori «AAA» reytingiga ega tadbirkorlar soni bo‘yicha Toshkent shahar 175 ta, Farg‘ona viloyati 23 ta, Qashqadaryo viloyati 14 tani tashkil etib, peshqadamlik qilmoqda.

Sohalar kesimida — xizmat ko‘rsatish sohasida 79 ta, savdo sohasida 77 ta, sanoat sohasida 68 ta eng yuqori reyting ko‘rsatkichlari qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!