​Badiiy kengashdan o‘tmagan kliplar nega televideniyeda namoyish etilyapti? Bundan kim manfaatdor?

A A A
​Badiiy kengashdan o‘tmagan kliplar nega televideniyeda namoyish etilyapti? Bundan kim manfaatdor?

Yaxshi qo‘shiq insonning kayfiyatini, ruhiyatini ko‘taradi, badiiy didini, ma’naviy olamini boyitadi. Shu bois bugun san’at rivojiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizning ko‘plab hududlarida yangi musiqa maktablari ochilmoqda, san’at koshonalari qad ko‘taryapti.

Biroq mavjud sharoit hamda ko‘rsatilayotgan e’tiborga qaramasdan san’atkorlarimiz tomonidan yaratilayotgan asarlarning barchasini ham xalqimiz didi, mentaliteti, ma’naviy darajasiga mos, deb bo‘lmaydi. Yengil-elpi qo‘shiqlar hamon konsertlarda ijro etilmoqda, tele va radiokanallar orqali efirga uzatilayotir.

Qofiyasiz, turoqsiz, to‘mtoq, ko‘cha tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlardan iborat qo‘shiqlar ham kuylanmoqda. Bir ayol xonandaning “Olmali aymoqcha” deb nomlangan qo‘shiq matnida shunday so‘zlar keltirilgan: “Olmali aymoqcha, lablari qaymoqcha, shu bolani so‘rasangiz, hammasidan bo‘lakcha”. Boshqa ayol xonandaning bir qo‘shig‘idagi mana bu so‘zlarga nima deysiz: “Buncha shirin o‘zga bog‘ning olmasi...” Buni aytish to‘g‘rimi?

2017 yil 3 avgust kuni Prezidentimizning mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lgan uchrashuvida aynan san’at ahliga murojaat qilindi hamda bu yo‘nalishdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari aniq-tiniq belgilab berildi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida Qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash bo‘yicha Badiiy kengash tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi. Joriy yilning fevral oyidan Badiiy kengash o‘z faoliyatini boshladi. Ma’naviyat targ‘ibotchilari, shoirlar, klipmeykerlar, san’atshunoslar, bastakorlar va xonandalardan iborat kengash tomonidan shu yilning o‘tgan to‘qqiz oyida xonandalar taqdim etgan jami 165 ta videoklip ko‘rib chiqildi. Ijodiy ishlarning 32 tasi butunlay rad qilindi.

— Keyingi paytlarda ayrim xonandalar tomonidan ijro etilayotgan ma’nosiz qo‘shiqlar hamda ularga ishlangan kliplar xususida turli e’tirozlar bildirilmoqda, — deydi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mas’ul xodimi, Badiiy kengash a’zosi Matluba Temur qizi. — Tanqidlar o‘rinsiz emas. Badiiy kengash nizomida qator talab va shartlar belgilangan. Jumladan, videokliplarda milliy mentalitetimizga xos bo‘lmagan, yoshlarning ruhiy-ma’naviy olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, “ommaviy madaniyat” unsurlari, ya’ni o‘arbga taqlid qilish hollari, urush hamda giyohvandlik sahna tasvirlari, ochiq-sochiq kiyimlar, behayo xatti-harakatlar o‘rin olmasligi kerakligi qat’iy belgilab berilgan. Eng asosiysi, qo‘shiq matni, ya’ni she’r mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi har bir ijrochiga uqtirib kelinyapti. Qolaversa, bizga taqdim etilayotgan videokliplarning ayrimlarida qo‘shiqning mazmuni boshqayu undagi tasvirlarning ma’nosi umuman boshqa ekanligini ko‘ramiz. Bachkana xatti-harakatlar, umuman, keraksiz gap-so‘zlar... Kengash a’zolari mana shunday qusur va kamchiliklarni bartaraf qilish yo‘lida jiddiy ish olib boryapti.

Taassufki, shuncha chora-tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramay, efir orqali ba’zan ma’no-mazmunsiz, badiiy jihatdan sayoz qo‘shiq va kliplar namoyish etilyapti.

Yaqinda efir orqali bir xonandaning yangi qo‘shig‘iga olingan klipga ko‘zim tushib qoldi. Klip epizodida xonanda to‘yda kelin obrazida bir dasta gulni teskari turgan holda kelin dugonalariga otib yuboradi. Qizlar esa uni ilib olish uchun tashlanadi. Ma’lumki, o‘arbga xos bu an’ana orqali qizlar biz ham tezroq erga tegaylik qabilida ish tutadilar. o‘arbning bu boradagi qarashlarini tushunsa bo‘lar. Chunki ularning o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari, o‘zlari amal qiladigan rasm-rusumlari, odatlari bor. Biz esa sharqona mentalitetga ega xalqmiz. Klipdagi holatlarni ko‘rib, bizning qizlarda o‘zbekona ibo-hayo, iffat tushunchalari qayerda qoldi, degan xayolga borasiz.

Ayrim kliplarimizda qo‘shiqchilarning tashlandiq joylardagi devorlarda aks ettirilgan, axloqiy me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan rasmlardan iborat strit-art yozuvlari yonida yoki qurilishi chala inshootlar ichida turib qo‘shiq kuylayotganini qanday izohlash mumkin? Maqsad — bunday yozuv va rasmlarni targ‘ib qilishmi? Yoki bu orqali “original” bo‘lib ko‘rinishmi?! Bizningcha, bu saviyasizlik, xorij filmlari hamda kliplariga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, ulardan andoza olishdan boshqa narsa emas. San’atning ma’naviyatimizni boyitadigan kuchli vosita ekanini hisobga olsak, bu holat yoshlar tarbiyasi va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Ba’zan telekanallar orqali “O‘zbekkonsert” badiiy kengashi muhokamasidan o‘tmagan qo‘shiq hamda kliplar ham efirga uzatilmoqda. Sababi ba’zi xususiy telekanallar efir orqali buning evaziga mo‘may daromad topadi. Xonanda esa falon million so‘mga tayyorlangan “ijod mahsuli” besamar ketmaganidan, uni reklama qilganidan xursand.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mas’ul xodimlarining bu masalaga oydinlik kiritishicha, ayrim talabga javob bermaydigan qo‘shiq va kliplar telekanallarda “ko‘rinish” berayotganining asosiy sababi ular Badiiy kengash tuzilguniga qadar kanallarga taqdim etilgan. Shu bois ular hamon “iste’molda”. Rad qilingan kliplarning oynai jahonda efirga uzatilishining oldini olish uchun tashkilot har bir telekanal mas’ullariga kengashdan o‘tmagan “ijod mahsullari” ro‘yxatini bergan. Bu esa ayrimlar uchun “ayni muddao” bo‘lmoqda.

— Taassufki bugun ayrim xonandalar tomonidan kuylanayotgan qo‘shiqlarga o‘zbekona ohanglar yetishmayapti, — deydi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida Qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash bo‘yicha Badiiy kengash raisi Azim Mullaxonov. — Agar buning oldi olinmasa, ertaga qo‘shiqlarimizda o‘zbekona ohang qolmaydi, boshqa xalqlarning musiqalari aralashib, bizning milliy kuy-musiqamiz yo‘qolib ketadi. Shuning uchun Badiiy kengash yig‘ilishlarida bastakorlar, musiqiy sayqal beruvchilarga, qo‘shiq har qancha zamonaviy bo‘lmasin, kerakli joylariga o‘zbekona ohangni ham qo‘shishni qattiq uqtiramiz.Yangi bir kengash tuzilsa-da, ushbu kengashda televideniye va radio vakillari ham bo‘lsin. Ushbu kengash vakillari kliplarni ham, qo‘shiqlarni ham, she’rlarni ham saviya jihatidan muhokama qilishsin, urf-odatlarimizga, millat tabiatiga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘shiqlar hamda kliplar san’at darajasidami yoki yo‘qmi, shuni ko‘rib chiqishsin. Shundagina televideniye va radio vakillari ham bu masalada mas’uliyatni yanada chuqurroq his etgan bo‘lar edi.

Bunday muammolarning urchib ketishida o‘zimiz ham aybdormiz. Deylik, to‘y-hashamlarda to‘rtta-beshta qo‘shiqqa og‘zini qimirlatib, mo‘may pul olib ketadigan “birrovchi”lardan Ma’murjon Uzoqov, Murodjon Ahmedov, Tavakkal Qodirov, Kamoliddin Rahimov singari ustoz san’atkorlarning mashhur qo‘shiqlarini aytib berishlarini talab qilmaymiz! To‘g‘ri, estrada qo‘shiqchilari qanday qilib bunday mumtoz ashulalarni aytadi, ularning yo‘nalishi boshqa-ku, deyishingiz mumkin. Xalqimiz qalbining to‘ridan joy olgan, bunday darg‘alar ijodidan mutlaqo bexabarlarni san’atkor, deb bo‘lmaydi. Bir-ikki marotaba ana shunday talablarni bajara olmay, xalq oldida izza bo‘lgan odam keyingi safar to‘yga borishdan oldin yana bir bor xijolat tortmaslikka harakat qiladi. Zero, qo‘shiq — ma’naviy mulk. Iste’molchi sifatida unga nisbatan talabni kuchaytirmas ekanmiz, sifatsiz, ma’no-mazmunsiz kuy-qo‘shiqlarning tinglovchisi bo‘lib qolaveramiz.

Shahzod G‘AFFOROV.

Tahririyatdan: muallif maqolada qo‘shiqchilik san’atida ijro mahorati, musiqiy kliplar xususida e’tiborga molik fikrlarini bayon etgan. Unga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslik ham mumkin. Tahririyat zamonaviy estradamizning bugungi ko‘rinishiga nisbatan taklif-mulohazalaringizni kutib qoladi. 
Zero, haqiqat ko‘pchilikning xulosalari orqali aniqlanadi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

«Real» o‘z sobiq futbolchisi vafot etganini ma’lum qildi

Мадриднинг «Реал» клуби собиқ футболчиси Хосе Сантамария 96 ёшида оламдан ўтди. Бу ҳақда «қироллик клуби» матбуот хизмати расмий хабар берди.

AQSh Eronga yadroviy qurol ishlab chiqarishdan so‘zsiz voz kechish evaziga boshqa imkoniyatni taklif qilmoqda

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс бу ҳақда Жоржия штати университетида бўлиб ўтган форумда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

Abduqodir Husanov "Arsenal"ga qarshi uchrashuvda qanday statistika qayd etdi?

Хабарингиз бор, бугун Хосеп Гвардиола бошчилигидаги "Манчестер Сити" ўз майдонида "Арсенал"ни қабул қилиб, 2:1 ҳисобида таслим этди.

Superliga. 8-tur yakunlandi. Turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

Суперлиганинг 8-тур учрашувлари ўз ниҳоясига етди. Мазкур турда бир қатор қизиқарли ва муросасиз беллашувлар бўлиб ўтди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi falaj holatga keldi

Бу ҳақда Marine Traffic денгиз кемалари ҳаракати сайтига таяниб CNN ёзмоқда.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.

Germaniyada chap ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar soni keskin oshdi — BILD

Бу ўтган йилга нисбатан учдан бирдан кўпроқ ўсишни англатади.

Rus tilida so‘zlashuvchi generalning Mossad rahbari etib tayinlanishi Isroilda tanqid qilindi

Маълумотларга кўра, рус тилида равон сўзлашувчи беларуслик муҳожир Роман Хоффман разведка хизматининг 14-раҳбари бўлди.

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ҳодиса жойидан Республика суд экспертиза маркази экспертлари, вилоят ИИБ эксперт криминалисти ва вилоят фавқулотда вазиятлар бошқармаси экспертлари томонидан ёнғиндан шикастланган буюмлар, алимун сим бўлаклари ва бошқа ашёвий далиллар олинган.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.