Superliga. "Bunyodkor" "So‘g‘diyona" maydonida superkambek amalga oshirdi, "Andijon" safarda "Qo‘qon-1912" bilan durang o‘ynadi
Superliga 8-turida "Bunyodkor" safarda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ldi va 2:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
Zomin shahridagi “Zomin” satadionida o‘tgan o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuvda hisob 4-daqiqada mezbonlarning makedoniyalik hujumchisi Lyupcho Doriyev tomonidan ochildi. 26-daqiqada Doriyev dubl qayd etib, jamoasining ustunligini ta’minladi.
Shundan so‘ng “Bunyodkor” faollashdi. 38-daqiqada Bilolxon Toshmirzayev hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘lim “qaldirg‘ochlar”ning ustunligi ostida o‘tdi. 50-daqiqada jarima zarbasidan gol kiritgan Toshmirzayev dubl qayd etdi va muvozanatni tikladi. 70-daqiqada Samandar Mavlonqulovning uzatmasini golga aylantirgan Bilolxon Toshmirzayev xet-trikni rasmiylashtirdi va jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Bunyodkor” ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 4-pog‘onasiga ko‘tarildi. “So‘g‘diyona” esa 5 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda.
“Bunyodkor” 24 aprel kuni 9-turda o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qiladi. “So‘g‘diyona” esa 23 aprel kuni “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” 2:3
Gollar: 1:0 — Doriyev (4), 2:0 — Doriyev (26), 2:1 — Toshmirzayev (38), 2:2 — Toshmirzayev (51), 2:3 — Toshmirzayev (70).
Kunning yana bir bahsida "Qo‘qon-1912" o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qilib, nursiz durangga imzo chekdi - 0:0.
Qo‘qon shahridagi “Markaziy” satadionida o‘tgan o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Ushbu natija evaziga Andrey Shipilov boshqaruvidagi “Qo‘qon-1912” ochkolari sonini 8 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 11-pog‘onasiga joylashdi. “Andijon” esa 7 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Islom Ahmedov boshqaruviga o‘tgan “Andijon” 24 aprel kuni 9-turda “Bunyodkor” maydoniga safar qiladi. “Qo‘qon-1912” esa 24 aprel kuni “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi.
O‘zbekiston Superligasi, 8-tur
“Qo‘qon-1912” — “Andijon” 0:0
